Главная » Yangiliklar » Bayram kunlari Toshkentning ayrim ko'chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
Bayram kunlari Toshkentning ayrim ko'chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi

Bayram kunlari Toshkentning ayrim ko'chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bayram kunlari Toshkentning ayrim ko'chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
  • Дата релиза: 30-08-18, 06:42
Bayram kunlari Toshkentning ayrim ko'chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi bayrami tantanalarini o`tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash hamda yo`llarda harakatlanish xavfsizligini ta`minlash maqsadida ba`zi ko`chalarda barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2018 yil 31 avgust kuni:

— Amir Temur ko`chasi – Islom Karimov ko`chasidan Navoiy ko`chasigacha

— Buxoro ko`chasi – Taras Shevchenko ko`chasidan Amir Temur ko`chasigacha

— Islom Karimov ko`chasi — Taras Shevchenko ko`chasidan Amir Temur ko`chasigacha

— Matbuotchilar ko`chasi – Nuroniylar ko`chasidan — Amir Temur xiyobonigacha

— Istiqlol ko`chasi – Zarafshon ko`chasidan – Istiqbol xiyobonigacha

— Oloy ko`chasi – Shahrisabz ko`chasidan – Istiqlol ko`chasigacha

— Mustaqillik ko`chasi – Shahrisabz ko`chasidan — Amir Temur xiyobonigacha

— Mahtumquli ko`chasi — Shahrisabz ko`chasidan — Amir Temur xiyobonigacha

— Istiqbol ko`chasi — Shahrisabz ko`chasidan — Amir Temur xiyobonigacha

2018 yil 1 sentyabr kuni mushak otish vaqtida:

— Seul ko`chasining Bunyodkor ko`chasidan Furqat ko`chasigacha bo`lgan qismi

— Bobur ko`chasining O`rikzor ko`chasidan Sharshara ko`chasigacha bo`lgan qismi

— Furqat ko`chasining Sharshara ko`chasidan I. Karimov ko`chasigacha bo`lgan qismi

— Beshyog`och ko`chasining Furqat ko`chasidan I. Karimov ko`chasigacha bo`lgan qismi

— I.Karimov ko`chasining Sh. Rashidov ko`chasidan Qoratosh ko`chasigacha bo`lgan qismi

— Afrosiyob ko`chasining Sh. Rashidov ko`chasidan I. Karimov ko`chasigacha bo`lgan qismi

— Chilonzor ko`chasining Muqumiy ko`chasidan Novza ko`chasigacha bo`lgan qismi

— Novza ko`chasining Chilonzor ko`chasidan Bunyodkor ko`chasigacha bo`lgan qismi

— Baynalminal ko`chasining Bunyodkor ko`chasidan Muqimiy ko`chasigacha bo`lgan qismi

— I. Karimov ko`chasining Beshyog`och ko`chasidan Sh. Rashidov ko`chasigacha bo`lgan qismida barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi.

Shuningdek, 2018 yil 1 sentyabr kuni bayram tadbirlari o`tkaziladigan «Lokomotiv-Anhor», «G`afur G`ulom», «Bobur», «Mirzo Ulug`bek», «Ashxobod», «Furqat», «Quyoshcha nuri», «Bog`ishamol», «Abdulla Qodiriy», «Do`stlik» va «Grin Park» bog`lariga, Hayvonot bog`i oldidagi maydonga, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi oldiga tutash ko`chalarda xalq sayli vaqtida hamda vaziyat taqozo etganda boshqa ko`chalarda ham transport vositalarining qatnovi vaqtincha cheklanishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: