Главная » Yangiliklar » ​Begunoh amerikalik yigit qiyofadoshining o`rniga 17 yil qamoqda o`tirdi
​Begunoh amerikalik yigit qiyofadoshining o`rniga 17 yil qamoqda o`tirdi

​Begunoh amerikalik yigit qiyofadoshining o`rniga 17 yil qamoqda o`tirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Begunoh amerikalik yigit qiyofadoshining o`rniga 17 yil qamoqda o`tirdi
  • Дата релиза: 12-06-17, 21:15
​Begunoh amerikalik yigit qiyofadoshining o`rniga 17 yil qamoqda o`tirdi
AQSh hukumati Kanzas-Sitida yashovchi sodir etmagan jinoyati uchun qiyofadoshining o`rniga 17 yil qamoqda o`tirgan yigitni jazodan ozod etdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Richard Jons 1999 yilda talonchilikda ayblanib, 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Faqatgina guvohlarning ko`rsatmalariga binoan unga nisbatan ayblov e`lon qilingandi.

Jons aybi yo`qligini aytib, huquq himoyachilaridan yordam so`radi. Ular voqea joyi yaqinida tashqi qiyofasi Jonsga o`xshab ketadigan Riki ismli yigit yashashini aniqlashdi.

“Men qiyofadoshimning suratini ko`rgach, hammasiga tushundim”, dedi Jons.

Yangi sud jarayonida guvohlarning ko`rsatmasi tinglanib, Riki va Jonsning suratlari solishtirib ko`rildi va Jonsning aybsizligi o`z isbotini topib, qamoqdan ozod etildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: