Главная » Yangiliklar » Betmen roli ijrochisi Adam Uest 89 yoshida olamdan o‘tdi
Betmen roli ijrochisi Adam Uest 89 yoshida olamdan o‘tdi

Betmen roli ijrochisi Adam Uest 89 yoshida olamdan o‘tdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Betmen roli ijrochisi Adam Uest 89 yoshida olamdan o‘tdi
  • Дата релиза: 12-06-17, 11:10
Betmen roli ijrochisi Adam Uest 89 yoshida olamdan o‘tdi
O‘tgan asrning 60-yillarida “Betmen” teleserialida bosh qahramonni o‘ynagan amerikalik aktyor Adam Uest 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi.

Ko‘p yillar davomida oqqon kasaliga qarshi kurashib kelgan aktyor Los-Anjelesda, yaqinlari qurshovida vafot etdi.

Uest ABC telekanalida “Betmen” teleserialida bosh rolni ijro etgach, mashhurlikka erishdi. U shundan keyin yana bir necha serial va filmlarda o‘ynadi, biroq avvalgidek muvaffaqiyatga erishmadi. Uest “Olmoslar abadiy” filmida Jeyms Bond roliga nomzod sifatida ko‘rilgandi, biroq tasdiqlanmadi.

1980-yillar boshlarida aktyor animatsiya filmlariga ovoz berishni boshladi. U “Simpsonlar”, “Mo‘jizakor ota-onalar”, “Kim Besh plyus bilan”, “Betmen” va “Griffinlar” seriallarida ishtirok etgandi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: