Главная » Yangiliklar » ​Biometrik bo`lmagan pasportlarning amal qilish muddati qachongacha?
​Biometrik bo`lmagan pasportlarning amal qilish muddati qachongacha?

​Biometrik bo`lmagan pasportlarning amal qilish muddati qachongacha?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Biometrik bo`lmagan pasportlarning amal qilish muddati qachongacha?
  • Дата релиза: 27-06-17, 13:50
​Biometrik bo`lmagan pasportlarning amal qilish muddati qachongacha?
"Men hali biometrik pasport olganim yo`q. Ba`zilar yaqinda muddati tugashini, tezroq almashtirish lozimligini aytishyapti. Ayting-chi, aslida nobiometrik pasportlarning amal qilish muddati qachongacha qilib belgilangan?"

Abdulla, Toshkent shahri

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati:

—O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yilning 14 dekabridagi «O`zbekiston Respublikasi aholisini biometrik pasport bilan ta`minlash yuzasidan qo`shimcha chora-tadbdirlar to`g`risida»gi Qarori talablariga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi hududida fuqarolarimizning nobiometrik shakldagi pasportini amal qilish muddati 2018 yilning 01 iyul kuniga qadar belgilangan. Mazkur muddatga oz qolganligi munosabati bilan fuqarolarni ortiqcha sarson bo`lishlarini hamda ularni qonunchilikda belgilangan ma`muriy javobgarlikka tortilishlarini oldini olish maqsadida, pasport olish yoshiga etgan va O`zbekiston Respublikasining nobiometrik shakldagi pasportiga ega bo`lgan fuqarolardan hududiy IIBlari migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlarida tashkil etilgan “Ma`lumotlarni yig`ish punkt”lariga tizimli ravishda tashrif buyurishlari tavsiya etiladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: