Главная » Yangiliklar » BMT bosh kotibi O‘rta Yer dengizida har oy 450 nafar muhojir halok bo‘layotganini bildirdi
BMT bosh kotibi O‘rta Yer dengizida har oy 450 nafar muhojir halok bo‘layotganini bildirdi

BMT bosh kotibi O‘rta Yer dengizida har oy 450 nafar muhojir halok bo‘layotganini bildirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: BMT bosh kotibi O‘rta Yer dengizida har oy 450 nafar muhojir halok bo‘layotganini bildirdi
  • Дата релиза: 19-06-16, 13:05
BMT bosh kotibi O‘rta Yer dengizida har oy 450 nafar muhojir halok bo‘layotganini bildirdi
Yevropaga borish istagida bo‘lgan 450 muhojir har oy O‘rta Yer dengizida halok bo‘lmoqda. Bu haqda 18-iyun, shanba kuni Gretsiyaning Lesbos orolidagi qochqinlar lageriga tashrif buyurgan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”. “Har kuni butun dunyo bo‘ylab minglab oila uylarini tark etmoqda. Har oyda O‘rta Yer dengizida 450 kishi halok bo‘lmoqda. Bu ikkita qit’alararo yo‘lovchi samolyoti bortidagilar soniga teng”, — ta’kidladi bosh kotib. Lesbosga borishdan avval Pan Gi Mun Afinada mamlakat bosh vaziri Aleksis Sipras bilan uchrashdi va Gretsiyani qochqin hamda muhojirlarga ko‘rsatayotgan ko‘mak uchun maqtadi. “O‘zidagi iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, Gretsiya kishilar hayotini qutqarib, bag‘rikengligini namoyish etmoqda. Biroq mamlakat xalqaro hamjamiyat ko‘magiga muhtoj. Gretsiya bu muammo qarshisida bir o‘zi qolishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur”, — ma’lum qildi Pan Gi Mun.
Логин:
Пароль: