Главная » Yangiliklar » BMT: Yamanda ixtilof boshlanganidan buyon qariyb 4 ming tinch fuqaro halok bo‘ldi
BMT: Yamanda ixtilof boshlanganidan buyon qariyb 4 ming tinch fuqaro halok bo‘ldi

BMT: Yamanda ixtilof boshlanganidan buyon qariyb 4 ming tinch fuqaro halok bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: BMT: Yamanda ixtilof boshlanganidan buyon qariyb 4 ming tinch fuqaro halok bo‘ldi
  • Дата релиза: 23-09-16, 22:04
BMT: Yamanda ixtilof boshlanganidan buyon qariyb 4 ming tinch fuqaro halok bo‘ldi
Avgust oyida Yamandagi to‘qnashuvlar chog‘ida kamida 180 tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”. Komissarning matbuot kotibi Sesil Puyi, shuningdek, avgust oyida fuqarolik obyektlariga, jumladan, shifoxonalar, do‘konlar va ziyoratgohlarga uyushtirilgan hujumlar soni ortganini aytib o‘tdi. Shu tariqa, 2015-yil martida Yamanda boshlangan ixtilof oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining umumiy soni 4 ming kishiga yaqinlashdi.
Логин:
Пароль: