Главная » Yangiliklar » BMTning bo‘lajak bosh kotibi haqida nimalar ma’lum?
BMTning bo‘lajak bosh kotibi haqida nimalar ma’lum?

BMTning bo‘lajak bosh kotibi haqida nimalar ma’lum?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: BMTning bo‘lajak bosh kotibi haqida nimalar ma’lum?
  • Дата релиза: 13-10-16, 23:43
BMTning bo‘lajak bosh kotibi haqida nimalar ma’lum?
13-oktabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida tashkilotning yangi bosh vaziri tayinlandi. Bu Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrish bo‘ldi. 2017-yilning 1-yanvaridan ish boshlaydigan yangi bosh kotib haqida “RBK” ma’lumot keltiradi. Antoniu Guterrish 1949-yilda Lissabonda tug‘ilgan. 1971-yilda Oliy texnologiya institutini tamomlab, bir necha yil fan bilan shug‘ullangan. 1974-yilda u Portugaliya Sotsialistik partiyasiga qo‘shilib, o‘z siyosiy faoliyatini boshladi. 1974-yil aprelida Guterrish Chinnigullar inqilobining (Lissabonda yashirin harbiy tashkilot tomonidan qon to‘kmay amalga oshirilgan harbiy to‘ntarish) faol ishtirokchisi bo‘ldi. Yangi davlat rejimi ag‘darilgach, u muvaqqat hukumat tarkibiga kirdi. 1992-yilda Guterrish Sotsialistik partiya tepasiga keldi. 1995-yilda partiya parlament saylovida g‘alaba qozondi, shundan so‘ng siyosatchi bosh vazirlik darajasiga yetdi. 2001-yilda Guterrish partiyasi mamlakatda iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi tufayli saylovda mag‘lubiyatga uchradi. Guterrish bosh vazirlikdan iste’fo berib, siyosatdan chiqib ketdi. Ammo, shu bilan birga, u 2005-yilga qadar Sotsintern (xalqaro nohukumat sotsial-demokratik tashkilot) prezidenti bo‘lib qolaverdi. BMTdagi faoliyatini Guterrish 2005-yilda boshladi — o‘shanda u qochqinlar ishlari bo‘yicha BMT oliy komissari lavozimiga saylandi. Bu mavzu Guterrishga juda yaxshi tanish edi — u 1991-yilda qochqinlar ishlari bo‘yicha Portugaliya kengashiga asos solgandi. Bu lavozimda Guterrish 2015-yil dekabriga qadar ishladi. 2016-yil oktabrida Guterrish 13 nomzod orasidan BMT bosh kotibligiga saylandi. Ushbu lavozimdagi faoliyati davomida siyosatchi terrorchilik xavfi, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, narkotrafik va epidemiyalarga jiddiy e’tibor qaratmoqchi.
Логин:
Пароль: