Главная » Yangiliklar » Bobur Bobomurod o`zi va Shirin haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Bobur Bobomurod o`zi va Shirin haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Bobur Bobomurod o`zi va Shirin haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bobur Bobomurod o`zi va Shirin haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
  • Дата релиза: 03-05-17, 20:51
Bobur Bobomurod o`zi va Shirin haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Farhod va Shirin dueti prodyuseri, shoir Bobur Bobomurod jurnalist Jasur Hamroevning Facebook sahifasi orqali internet foydalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Muxlislardan biri “Shirin bilan o`rtangizda nima bor? Eshitishimcha, u bilan ishqiy munosabatda ekansiz?” deya savol berdi.

“Atrofda aylanayotgan mish-mishlarga e`tibor bermaslik kerak. Bu narsa odamlarga kerak ekanki, gapirishadi. O`zim haqimdagi mish-mishlarni keyinchalik eshitib qolaman.

Odamlarga g`iybat qilish yomon, mish-mish tarqatish gunoh deyman.

Shirin kichkina qizcha edi. Uni hech kim tanimas edi. Shu qizcha yuzaga chiqdi. Katta-katta davlat tadbirlarida ishtirok etyapti. Stadionlarni to`ldirib konsert beryapti. Oliygohlarda tahsil oldi. Hayotda o`z o`rnini topyati. Nimaga odamlar Shirin haqidagi mana shu gaplarni gapirmaydi?

Shuning uchun bunday gap-so`zlarga e`tibor bermaslik kerak. Bu mish-mishlar bizdan oldingi ustozlarda bo`lmaganmi? Navoiy, Abdulla Oripov, Yulduz Usmonova yoki Sherali Jo`raev haqida mish-mishlar tarqalmaganmi?”,—deydi Bobur Bobomurod bu savolga javoban.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: