Главная » Yangiliklar » ​Bokiraligiga kuyov shubha qilgan 18 yoshli kelin o`z joniga qasd qildi
​Bokiraligiga kuyov shubha qilgan 18 yoshli kelin o`z joniga qasd qildi

​Bokiraligiga kuyov shubha qilgan 18 yoshli kelin o`z joniga qasd qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Bokiraligiga kuyov shubha qilgan 18 yoshli kelin o`z joniga qasd qildi
  • Дата релиза: 04-07-17, 14:33
​Bokiraligiga kuyov shubha qilgan 18 yoshli kelin o`z joniga qasd qildi
Tergov organlari to`ydan keyin o`z joniga qasd qilgan 18 yoshli Rajabbi Xurshidning o`limi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Jinoyat ishini tergov qilish jarayonida kuyov — Zafar Pirov so`roq qilindi. Nashrning xabar qilishicha, Tojikistonlik Rajabbi Xurshid va Zafar Pirovlar to`y kuni bir-birini ko`rgan. Ilk nikoh kechasida esa qizning bokiraligi yuzasidan janjal kelib chiqqan. Rajabbining qarindoshlari qiz to`ydan oldin tibbiy ko`rikdan o`tganligini va genetik ekspertiza hamda sog`ligi to`g`risida ikkita ma`lumotnoma olganligini bildirdi. Tojikistonda kelin-kuyovlar to`ydan oldin tibbiy ko`rikdan o`tib, OIV, gepatit va boshqa jiddiy kasalliklar aniqlangan taqdirda turmush qurish taqiqlanmaydi. Kuyov kelinning bokiraligiga shubha qilib, uni Dushanbe shahriga qayta tibbiy ko`rikdan o`tkazish uchun olib bordi. Ekspertiza qizning bokiraligini isbotlab bergan bo`lsa-da, kuyov bundan qanoatlanmadi. Shubha va gumonlar ta`sirida yosh oilaning tinchi buzildi. 22 iyun kuni Rajabbi o`z joniga qasd qildi. U sirka kislotasini ichdi, shifokorlar qizning hayotini saqlab qololmadi, Rajabbining buyraklari ishlamay qoldi.

Rajabbining onasi Fozila Mirzoeva qizining o`z joniga qasd qilishga majbur bo`lganligini, bunga kuyovi sababchi bo`lganligini aytdi. “Kuyovim qizimni Dushanbega qayta tibbiy ko`rikdan o`tkazish uchun olib borganligini eshitib, ularning ortidan bordim. Qizimni qaytarib olib ketaman, dedim. Ammo Zafarning onasi tushunmovchilikka barham berilib, xavotirga o`rin qolmaganligini aytib, meni xotirjam qilishga urindi”, - dedi u. Rajabbi o`z joniga qasd qilishdan oldin onasiga eri unga ko`chaga chiqishini taqiqlaganini aytgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: