Главная » Yangiliklar » BOLALAR BOG`ChASI UChUN TO`LOVNING 5 FOIZI GIGIENA VA YuMShOQ INVENTARLAR XARIDIGA YO`NALTIRILADI
BOLALAR BOG`ChASI UChUN TO`LOVNING 5 FOIZI GIGIENA VA YuMShOQ INVENTARLAR XARIDIGA YO`NALTIRILADI

BOLALAR BOG`ChASI UChUN TO`LOVNING 5 FOIZI GIGIENA VA YuMShOQ INVENTARLAR XARIDIGA YO`NALTIRILADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: BOLALAR BOG`ChASI UChUN TO`LOVNING 5 FOIZI GIGIENA VA YuMShOQ INVENTARLAR XARIDIGA YO`NALTIRILADI
  • Дата релиза: 25-09-17, 13:29
BOLALAR BOG`ChASI UChUN TO`LOVNING 5 FOIZI GIGIENA VA YuMShOQ INVENTARLAR XARIDIGA YO`NALTIRILADI
2017 yil 18 sentyabrda kuchga kirgan Xalq ta`limi vazirligi, Moliya vazirligining qarori (ro`yxat raqami 2821-1, 2017 yil 11 sentyabr) bilan Maktabgacha ta`lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta`minotiga haq to`lash tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar kiritildi.

Belgilanishicha, maktabgacha ta`lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta`minoti uchun to`lanadigan tushumlar boshqa byudjet mablag`lari bilan birga tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta`minlashni hamda muassasaning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga (avvalambor, sanitariya-gigiena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga) yo`naltiriladi. Bunda muassasaning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo`naltiriladigan mablag`lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to`lovidan tushgan mablag`larning 5 foizidan oshmasligi lozim.

Ilgari mablag`lar tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta`minlashni yaxshilashga yo`naltirilishi nazarda tutilgan edi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: