Главная » Yangiliklar » ​Bolani xorijga olib chiqish uchun ota-onalardan birining ruxsati talab qilinmaydi
​Bolani xorijga olib chiqish uchun ota-onalardan birining ruxsati talab qilinmaydi

​Bolani xorijga olib chiqish uchun ota-onalardan birining ruxsati talab qilinmaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Bolani xorijga olib chiqish uchun ota-onalardan birining ruxsati talab qilinmaydi
  • Дата релиза: 03-05-17, 19:35
​Bolani xorijga olib chiqish uchun ota-onalardan birining ruxsati talab qilinmaydi
Xalqaro press-klub doirasida “Ichki ishlar tizimida islohotlar: xalq bilan ochiq muloqot” mavzuida navbatdagi sessiya bo`lib o`tdi.

Tadbir doirasida jurnalistlar voyaga etmagan bolalar uchun ruxsat olish tartiblari to`g`risidagi savol bilan murojaat qilishdi.

IIV Boshqarma boshlig`i polkovnik Toshxo`jaev chet elga ota-onalardan biri bilan voyaga etmagan bolaning chiqishiga ruxsat berish to`g`risidagi tartibga tushuntirish berdi.

“Bolaning vaqtincha mamlakatdan chiqishi uchun ota-onalardan birining ruxsati shart emas. O`quv muassasalarida imzolangan zaruriy hujjatlar, voyaga etmagan bolaning surati va pasporti kifoya. Ikkala ota-onaning ham roziligi faqat bolani butunlay olib chiqib ketishga tegishli. Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limi xodimlari tomonidan ota-onalardan birining ruxsati talab qilingan holatlarda fuqarolar IIV ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.”
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: