Главная » Yangiliklar » ​Borovskiy kollejida bu yil qabul amalga oshirilmaydi
​Borovskiy kollejida bu yil qabul amalga oshirilmaydi

​Borovskiy kollejida bu yil qabul amalga oshirilmaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Borovskiy kollejida bu yil qabul amalga oshirilmaydi
  • Дата релиза: 15-06-17, 19:10
​Borovskiy kollejida bu yil qabul amalga oshirilmaydi
Bugun “Feysbuk”dagi “Potrebitel” guruhi foydalanuvchilaridan biri P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopilayotgani to`g`risida mish-mishlar borligi va bu rost yoki yolg`onligi haqida so`rab, post yozib qoldirdi.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Darakchi.uz nashri O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining O`rta maxsus,kasb-hunar ta`limi markazidagi ishonchli manbalari bilan bog`landi.

Ma`lum bo`lishicha, bu yil Borovskiy tibbiyot kollejida qabul amalga oshirilmaydi. Qolgan o`quvchilar, ya`ni 1-2 kurs talabalarining taqdiri qanday hal etilishi haqidagi savolga esa ayni damda ushbu masalada rasmiy hujjat tayyorlanayotgani va tez orada bu haqda batafsil ma`lumot olish mumkinligini ma`lum qildi.

O`rta maxsus,kasb-hunar ta`limi markazining qabulxona raqamlari bilan bog`langanimizda, kollej boshqa qabul amalga oshirilmasligi, faoliyati tugatilishi haqida ma`lumot berishdi.

Eslatib o`tamiz, 2017 yil 3 may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999 yilda tug`ilgan Ibroximov Jasurbek Maxammadjon o`g`li tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017 yil 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari ayni damda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: