Главная » Yangiliklar » Braziliyada marhumning qarindoshlari morgda uning tirik ekanligini sezib qolishdi
Braziliyada marhumning qarindoshlari morgda uning tirik ekanligini sezib qolishdi

Braziliyada marhumning qarindoshlari morgda uning tirik ekanligini sezib qolishdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Braziliyada marhumning qarindoshlari morgda uning tirik ekanligini sezib qolishdi
  • Дата релиза: 27-08-14, 22:37
Braziliyada marhumning qarindoshlari morgda uning tirik ekanligini sezib qolishdi

Braziliyalik keksa kishini tiriklayin ko‘mishlariga oz qoldi, deya xabar bermoqda Daily Mail. Gap shundaki, shifokorlar uni o‘lgan deb e’lon qilishdi va jasadni morgga yuborishdi. A’zador qarindoshlar murdani tanish uchun bu yerga kelishganida, qariyaning “jasadi” solingan qop harakatlanayotganiga guvoh bo‘lishdi.

 54 yoshli Valdelusio Gonsalves oshqozon saratoniga yo‘liqib, davolangan. 23-avgust kuni nafas olishi qiyinlashgach, uyidagilari uni kasalxonaga yuborishadi. Ertasi kuni esa uning vafoti haqida xabar berishadi. Bemorning o‘limini qayd etgan shifokorlar qarindoshlariga uning poliorgan yetishmovchiligidan vafot etganini aytadi. Oradan ikki soat o‘tib, “marhum”ning ukasi Salvador shahridagi morglardan biriga keladi, qolgan qarindoshlar bu vaqtda dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan edi.

 Biroq morgga kirib borgan Valterio Gonsalves akasi yotgan qopning nafas olganda bo‘ladigandek, ko‘tarilib-tushayotganini sezadi va doktorlarni chaqiradi, ular uning akasi tirik ekanini aniqlashadi. Uni zudlik bilan intensiv davolash palatasiga yetkazishadi.

 Mahalliy sog‘liqni saqlash departamenti voqea yuzasidan tergov boshladi. Ushbu noodatiy hodisa sodir bo‘lgan kasalxona direktori bu bemor bilan ishlagan shifokorlar guruhi orqali voqeaga oydinlik kiritishga va’da berdi.

Логин:
Пароль: