Главная » Yangiliklar » Bu yil uzumning narxi qancha bo`ladi?
Bu yil uzumning narxi qancha bo`ladi?

Bu yil uzumning narxi qancha bo`ladi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bu yil uzumning narxi qancha bo`ladi?
  • Дата релиза: 29-06-18, 17:36
Bu yil uzumning narxi qancha bo`ladi?
O`tgan yili vinobop uzumning ko`tara narxda bir klogarmmi uchun 300 – 500 so`m atrofida to`landi. Bundan ko`pgina fermerlar zarar ko`rdi. Xo`sh, bu yil sohibkorlar foydasiga “O`zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati qanday chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar, deb yozmoqda O`zA.

Jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida “O`zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati bo`lim boshlig`i Jamshid Ahmadjonov quydagilarni gapirdi:

– Uzum uzilgandan keyin 5-6 soat oralig`ida qayta ishlash korxonasiga topshirilishi kerak. Biroq, fermerlar bir yo`la topshiramiz, degan fikr bilan ikki-uch kun davomida yig`ilgan hosilni yuk mashinalarida korxonaga olib kelishadi. Ungacha terilgan uzum saralanib, eng yaxshisi bozorga sotishga yuboriladi. Sifati buzilgan hosilni esa bizga olib kelishadi. Ezilib, hidlangan, uzoq turganidan bijg`ib qolgan uzumga korxona qimmat narxda oladi, deb o`ylaysizmi? Albatta, yo`q. Bunaqa xomashyodan sifatli, jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishning iloji yo`q.

Qayd etish joizki, hozirda yurtimizda 80 dan ortiq birlamchi vino ishlab chiqarish korxonasi ishlab turibdi. Ushbu korxonalarni yanada jadal rivojlantirish, texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizasiya va diversifikasiya qilish hamda innovasion texnologiyalarni joriy etish maqsadida “O`zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyatida 63 ta loyiha ishlab chiqilgan. Shundan 35 tasi vino ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruksiyalash, texnik va texnologik yangilash, yangi quvvatlarni ishga tushirish va eksportga yo`naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan.

Jamiyat tarkibidagi 64 ta korxonaning 40 tasiga sifat tizimi joriy etilgan. Jumladan, hozirda 6 korxonada ISO 22000 xalqaro standartlari asosida sifat tizimlari joriy etildi.

Anjumanda sifatli bir kilogramm vinobop uzum uchun ikki ming so`m atrofida narx belgilangani ma`lum qilindi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: