Главная » Yangiliklar » Bu yilgi test sinovlarini tashkil etish tartibi ma`lum bo`ldi (2018)
Bu yilgi test sinovlarini tashkil etish tartibi ma`lum bo`ldi (2018)

Bu yilgi test sinovlarini tashkil etish tartibi ma`lum bo`ldi (2018)

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bu yilgi test sinovlarini tashkil etish tartibi ma`lum bo`ldi (2018)
  • Дата релиза: 13-06-18, 22:49
Bu yilgi test sinovlarini tashkil etish tartibi ma`lum bo`ldi (2018)
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida bu yilgi imtihonlarni tashkil etish jarayoni haqida ma`lumot berildi.

Jumladan, 2018 yil 3 aprelda “Oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilingan.

Qarorga ko`ra, bu yildan abiturientlarning o`qishga qabul qilish haqidagi arizalarni topshirish muddati o`zgargan. Hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Ilgari hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinar edi.

E`tiborli jihati, Toshkent davlat yuridik universitetga hujjatlarni topshirish uchun poytaxtga kelish shart emas.

TDYuU qabul komissiyasiga hujjatlarni tegishli tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlariga (oldingi “yagona darcha markazlari”) topshirish mumkin.

Test sinovlariga kirish uchun ruxsatnoma (DTM) 29-31 iyul kunlari qabul komissiyasi tomonidan beriladi.

Test sinovlarini o`tkazish muddatlari o`zgartirildi. Bu yil test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta`lim shakli uchun 1 avgustdan 15 avgustgacha bo`lgan muddatda kuniga ikki smenada o`tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

Abiturient test sinovlari o`tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abiturient ruxsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikasiyalash vositalari hamda videofiksasiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kiritiladi.

Abiturient test sinovlari boshlanganidan so`ng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.

Test sinovlari Toshkent shahridagi katta binolarda, viloyat markazlarida esa – olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig`imdagi binolarida o`tkaziladi.

Abiturient Oliy ta`lim muassasasiga o`qishga kirgan yoki kira olmaganligini test sinovi o`tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali bilib olishi mumkin bo`ladi.

Qarorda yana bir muhim narsa belgilangan ya`ni testga shpargalka, telefon mikrokalkulyator va h.k. olib kirishga uringan abiturient o`sha zahoti testdan chetlatiladi. Avvallari telefon olib qolinib, uni nomerlangan konvertga solib, abiturientni o`zi testga kiritib yuborilar edi. Endilikda, olib kirishga urinishning o`ziyoq dalolatnoma tuzib, chetlatishga sabab bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: