Главная » Yangiliklar » Bugun 10 fevraldan havo iliy boshlaydi
Bugun 10 fevraldan havo iliy boshlaydi

Bugun 10 fevraldan havo iliy boshlaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bugun 10 fevraldan havo iliy boshlaydi
  • Дата релиза: 10-02-18, 13:34
Bugun 10 fevraldan havo iliy boshlaydi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, Ustyurt bo`ylab kechasi 12-17, kunduzi 2-7, Xorazm viloyatida kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, cho`l hududlari bo`ylab ayrim joylarda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, Jizzax viloyatining G`allaorol tumanida 7-10 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 3 darajagacha sovuq, baland tog` hududlarida kechasi 13-18, kunduzi 6-11 daraja sovuq bo`ladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: