Главная » Yangiliklar » ​BUGUN 18 OKTYaBR KUNI RESPUBLIKA BO`YLAB HARORAT KESKIN O`ZGARADI
​BUGUN 18 OKTYaBR KUNI RESPUBLIKA BO`YLAB HARORAT KESKIN O`ZGARADI

​BUGUN 18 OKTYaBR KUNI RESPUBLIKA BO`YLAB HARORAT KESKIN O`ZGARADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​BUGUN 18 OKTYaBR KUNI RESPUBLIKA BO`YLAB HARORAT KESKIN O`ZGARADI
  • Дата релиза: 18-10-17, 12:41
​BUGUN 18 OKTYaBR KUNI RESPUBLIKA BO`YLAB HARORAT KESKIN O`ZGARADI
18 oktyabr kuni respublika bo`ylab havo haroratining keskin o`zgarishi kuzatiladi. Shamol tezligi 17-22 m/sgacha kuchayadi.

Harorat tushishi sezilarli bo`ladi. Xususan Toshkentda harorat 17 oktyabr bilan taqqoslaganda bir yo`la 18 darajaga tushadi, kunduzi tundan ko`ra sovuqroq bo`ladi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18 oktyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 13-15, kunduzi 10-12 darajagacha iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir qorga aylanishi mumkin). Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 5-10, kunduzi 2-7 darajagacha iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: