Главная » Yangiliklar » ​BUGUN 28 SENTYaBR UChUN OB-HAVO MA`LUMOTI
​BUGUN 28 SENTYaBR UChUN OB-HAVO MA`LUMOTI

​BUGUN 28 SENTYaBR UChUN OB-HAVO MA`LUMOTI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​BUGUN 28 SENTYaBR UChUN OB-HAVO MA`LUMOTI
  • Дата релиза: 28-09-17, 08:40
​BUGUN 28 SENTYaBR UChUN OB-HAVO MA`LUMOTI
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28 sentyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, ba`zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-12, kunduzi 18-20 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 6-11, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, Ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: