Главная » Yangiliklar » Bugun Gulchehra Sa`dullaeva tavallud ayyomini nishonlamoqda
Bugun Gulchehra Sa`dullaeva tavallud ayyomini nishonlamoqda

Bugun Gulchehra Sa`dullaeva tavallud ayyomini nishonlamoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bugun Gulchehra Sa`dullaeva tavallud ayyomini nishonlamoqda
  • Дата релиза: 12-04-17, 12:01
Bugun Gulchehra Sa`dullaeva tavallud ayyomini nishonlamoqda
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulchehra Sa`dullaeva bugun, 12 aprel kuni 67 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan elimiz ardog`idagi aktrisani farzandlari va nabiralari ta`sirli tarzda tabrikladi.

Soat 00:00 bo`lishi bilan ya`ni 12 aprel kirib kelishi bilan aktrisaning farzandlari jamuljam bo`lishdi.

“Bugun mening farishtam, haqiqiy o`zbek ayolining timsoli, menga yorug` dunyoni hadya qilgan yagonam, Onajonimning tavallud ayyomlari! Onajonim-bebahoyim, baxtimizga uzoq umr ko`ring, hech qachon kasal bo`lmang, nevara, evara, chevaralarni ham to`ylarini baxtli kunlarini ko`rib yuring. Adajonim bilan qo`sha qarib, har doim yonimizda rohatlarda yuringlar. Barcha dilingizda tugib qo`ygan niyatlaringiz ro`yobga chiqsin. Allohim sizga har doim madadkor bo`lsin! Biz sizni sevamiz”,—deb yozadi Muqaddas Sa`dullaeva onasini tabriklab.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Gulchehra Sa`dullaevani bugungi shodiyona kun bilan muborakbod etamiz!
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: