Главная » Yangiliklar » ​Bugun O`zbekistonda “Favvoralar kuni” nishonlanmoqda
​Bugun O`zbekistonda “Favvoralar kuni” nishonlanmoqda

​Bugun O`zbekistonda “Favvoralar kuni” nishonlanmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Bugun O`zbekistonda “Favvoralar kuni” nishonlanmoqda
  • Дата релиза: 01-05-17, 13:10
​Bugun O`zbekistonda “Favvoralar kuni” nishonlanmoqda
2014 yilning aprelidan buyon Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1 may mamlakatda “Favvoralar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda.

To`rt yildan buyon may oyining ilk kunida Toshkent shahri, viloyatlar va tuman markazlaridagi favvoralar atrofida xalq sayllari o`tkazib kelinadi.

Quyida bugun poytaxtimizda o`tkaziladigan “Favvoralar sayli” o`tkaziladigan joylar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

1-sahna - Ma`rifat markazi va Simpoziumlar saroyi kirish qismidagi favvora

2-sahna - Sayilgoh maydoni ichki qismidagi favvora

3-sahna - “Bolajon” istirohat bog`i favvorasi

4-sahna - “International Tashkent” (sobiq “Interkontinental”) mehmonxonasi kirish qismidagi favvora

5-sahna - Xadra maydonida yangi qurilgan favvora hamda Sirk binosiga kirish qismidagi favvora

6-sahna - Mirzo Ulug`bek istirohat bog`i kirish qismidagi favvora

7-sahna - Bobur ko`chasi Engilsanoat uyushmasi old kirish qismidagi favvora

8-sahna - “Istiqlol” san`at saroyi old maydonidagi favvora

9-sahna - Alisher Navoiy teatri kirish qismidagi favvora

10-sahna - Mustaqillik maydoni Motamsaro ona xaykali orqa qismidagi favvora

11-sahna - “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog`i

12-sahna - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududi

13-sahna - Toshkent irigasiya va milorasiya instituti hududi

14-sahna - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hududi

Tadbirlar doirasida kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari hamda tomosha guruhlari ishtirok etadi.

Shuningdek, tadbirlar bo`lib o`tadigan joylarda kitob savdolari tashkil etilib, bolajonlar uchun turli attraksionlar tashkil etildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: