Главная » Yangiliklar » Bugun Toshkentda “Turkman kinosi kunlari” boshlanadi
Bugun Toshkentda “Turkman kinosi kunlari” boshlanadi

Bugun Toshkentda “Turkman kinosi kunlari” boshlanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bugun Toshkentda “Turkman kinosi kunlari” boshlanadi
  • Дата релиза: 11-04-17, 15:41
Bugun Toshkentda “Turkman kinosi kunlari” boshlanadi
11-13 aprel kunlari Toshkent shahrida “Turkman kinosi kunlari” bo`lib o`tadi.

Mazkur tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 6-7 mart kunlari Turkmaniston Respublikasiga Davlat tashrifi mobaynida imzolangan “O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Respublikasi Hukumati o`rtasida 2017-2019 yillarda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik Dasturi” asosida tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Respublika Kinochilar uyida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida tegishli idora va muassasalar vakillari, har ikki davlat kino ustalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda ta`kidlanganidek, turkman va o`zbek xalqlari o`rtasidagi do`stlik va hamjihatlik tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Xalqlarimiz orasida madaniy-ma`rifiy sohalardagi asriy hamkorlik aloqalari ham tobora mustahkamlanib bormoqda.

- Kino xalqlar o`rtasidagi do`stlikni mustahkamlashda ishonchli ko`prik vazifasini o`taydi, - dedi “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musaev. – Bugun boshlanayotgan tadbir 2016 yilda Turkmanistonda o`tkazilgan “O`zbek kinosi kunlari”ning mantiqiy davomi bo`ladi.

Tadbirda so`zga chiqqan Turkmaniston televideniesi Kino ishlab chiqarish bo`limi bosh koordinatori Toygeldi Olloyorov, Turkmaniston televideniesi bosh rejissyori Vepa Ishanguliev, Turkmanistonning O`zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Xandurdi Turdiev va boshqalar ikki mamlakat o`rtasidagi madaniy hamkorlik istiqbollari, kino ustalarining kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalari xususida so`z yuritdilar.

Turkman kinosining tantanali ochilish marosimi 11 aprel kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo`lib o`tadi.

Kino kunlari davomida turkman kinoijodkorlari yaratgan “Ot-murod”, “Maxtumquli”, Kopetdog` – askarning orzusi”, “Sayis”, “Muhabbat merosi”, “Qumli keldin qo`shiqlari” singari filmlar namoyish etiladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: