Главная » Yangiliklar » Burak OZChIVIT — Betmendan Kamron va Kamolga aylangan yigit!
Burak OZChIVIT — Betmendan Kamron va Kamolga aylangan yigit!

Burak OZChIVIT — Betmendan Kamron va Kamolga aylangan yigit!

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Burak OZChIVIT — Betmendan Kamron va Kamolga aylangan yigit!
  • Дата релиза: 21-01-18, 22:46
Burak OZChIVIT — Betmendan Kamron va Kamolga aylangan yigit!

«Sevgi iztirobi»ning bosh qahramonlaridan biri Kamol haqida gaplashishga qaror qildik. Burak Ozchivitning shaxsiy hayoti va ijodiy yo`li ko`pchilikni qiziqtirishi aniq. Marhamat, Turkiya kino olamini Romeosi bo`la olgan aktyor haqidagi ma`lumotlarni e`tiboringizga havola etamiz.

 

«Betmen bo`laman!»

Burak Ozchivit 1984 yil 24 dekabrda sohil bo`yida joylashgan Mersin shaharchasida tug`ilgan. Ko`p o`tmay Ozchivitlar oilasi Istambulga ko`chib o`tishadi. Shuning uchun ham ko`pincha aktyor haqida so`z ketganda uni poytaxtda tug`ilgan, deya ma`lumot berishadi. Otasi xususiy tadbirkor, onasi uy bekasi bo`lgan. Aktyor o`zidan 5 yosh katta opasi bilan birga ulg`aygan. Onasining so`zlariga ko`ra, Burak bolaligidan kino olamiga ixlosmand bo`lgan. Televizor qarshisidan jilmasdan mul`tfilmlarni tomosha kilishni yoqtirar, kichkintoyning har qanday injiqligiga ham aynan shu yo`l bilan barham berish mumkin bo`lgan. «Uning eng sevimli multqahramoni Betmen edi. «Ulg`ayganingda kim bo`lasan?» desak, «Odamlarni yomonlardan qutqaruvchi Betmen bo`laman», derdi doim», deya farzandining bolalik yillarini eslagandi aktyorning onasi. Yoshi biroz ulg`aygach esa Burakning e`tiborini sport torta boshladi. Bugun turk seriallari yulduziga aylangan yigitning o`smirlik davri futbol maydoni va sport zalida o`tgan.

Otasining niyatini amalga oshirdi...

O`rta maktabni tamomlagan Burak Marmara universitetining kino, tasviriy san`at va foto fakultetiga o`qishga kiradi. Soha bo`yicha ilk gonararlari modellik yo`nalishi orqali topgan aktyor 5 yil — 2003–2007 yillar oralig`ida reklama roliklarining eng ko`zga ko`ringan modeli edi. Hatto, 2003 yil «Turkiyaning eng yaxshi modeli» sovrinini, 2005 yilda dunyo miqyosidagi tanlovning ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Mashhur aktyor intervyularida modellik biznesini tanlashiga dadasi sababchi bo`lganini ta`kidlaydi. «Dadam bilan televizor ko`rib o`tirganimizda, podiumda yurgan yigitlarga havas bilan qaragan. Agar seni ham shu erda ko`rsam, juda faxrlanar edim» degani haligacha esimda», deydi Burakning o`zi.

«Navbat, o`zimning orzularimga!»

Moda olamidagi omadli faoliyati tufayli Burak rejissyorlarning e`tiboriga tushdi. Oqibatda, bolalikdagi orzusiga erishadi. U endi nafaqat, model sifatida tilga olinyapti, balki aktyor, degan ta`rifga ega bo`ldi. Ozvichit ilk rolini o`smirlar uchun suratga olingan «Minus 18» triller filmida ijro etgan. Oradan bir yil o`tmay, Eronlik ijodkorlardan melodrama janridagi filmda suratga tushish taklifini olgan. Eronliklarning «Vaqtinchalik er vazifasida» kartinasidan so`ng «Zaharlangan», «Oilaviy uy» komediyasida, «Sotqinlik» nomli psixologik dramada va «Kichik sirlar» serialida ko`rinish berdi. Uning ijodiy faoliyatiga katta muvaffaqiyat olib kelgan roli «Muhtasham yuz yil» serialida bo`lgan. U erda Burak afsonaviy lashkarboshi Balibeyni ijro etgan. Undan so`ng ikkinchi omadli kinoloyiha — «Choliqushi» seriali qayta ekranlashtirilganda bosh qahramon Kamronni gavdalantirdi. Serialdan so`ng keng miqyosda mashhurlikka erishgan aktyor yangi rollarini uzoq kutmadi. «Muhabbat senga o`xshaydi» melodramasi, «Kabutar uchmoqda» sitkom komediyasi hamda «Sevgi iztirobi» seriallari ekranlarda ketma-ket namoyish etila boshlagan. Shu tariqa aktyor qisqa vaqt ichida dunyoga mashhur insonga aylandi.

Gumonlarga boy jurnalistning qizi

Ish faoliyati davomida shaxsiy hayotini ham unutmagan model-aktyor doim jurnalistlar diqqat markazida. U uzoq vaqt davomida modellikdagi hamkasbi — Jeylan Chapa bilan uchrashib yurgan. Jeylan juda mashhur turk jurnalida faoliyat yurituvchi jurnalistning qizi. Burak Ozchivit va Jeylan Chapa o`rtasidagi munosabatlarni ko`pchilik shunchaki ishdagi ishq sifatida baholashgan. Ammo ular har bir intervyusi va uchrashuvlarda munosabatlarini rasmiylashtirishlarini ko`p bora tilga olishardi. Jeylanning kuchli rashki uch yillik munosabatlarga putur etkaza boshlagan. U doim Burakni bevafo deya shubha-gumonlarga ko`milib, yigitning izidan ta`qib qilardi. Tabiiyki, qoraqosh yigitga bu yoqmagan va ular tinimsiz janjalashishgan. Burak «Choliqushi» serialida suratga tusha boshlagach, munosabatlar yanada taranglashdi. Jeylanga Burakning Faxriya Evjen bilan birga rol o`ynayotgani umuman yoqmasdi. Oshiq qiz serialning suratga olish jarayonini uzoqdan, yashirin kuzatarkan, aqldan ozishiga bir bahya qolardi. Jeylan uchun oxirgi tomchi — «Muhabbat senga o`xshaydi» filmiga syo`mka ishlarining boshlanishi bo`ldi. Chunki bosh rol ijrochisi va film prodyusseri Burak kartinadagi bosh qahramonni ijro etish uchun sevgilisini emas, «Choliqushi»dagi «muhabbati» Faxriyani taklif etdi. Shundan so`ng Jeylan Ozchivit bilan ayrilishganini rasman e`lon qildi. Aktyorning o`zi «Bu qarorni Jeylan qabul qildi. Mening aybim yo`q» deya izoh bergan, xolos. Biroq film premerasiga Evjenning qo`lidan ushlab tashrif buyurishgach, hammasi oydinlashdi — Jeylanning yonganicha bor ekan. Burak va Faxriya o`rtasida ilk uchrashuvning o`zidayoq sevgi uchqunlagan.

Ertaknamo hayot boshlandi!

Faxriyaning ham fe`li o`ziga yarasha ekanligini jurnalistlar bot-bot eslatib turishadi. Aktrisa ham injiqqina. Ammo Burak bilan munosabatlarda u o`zini aksincha ko`rsata oldi. Hatto, jurnalistlarga «Sevgilimning o`z qiziqishlari bor. Undan odatlaridan voz kechishni talab qilmayman. Men uni o`zim tanladim, shuning uchun boshqa odamga aylantirishning hojati yo`q. Erkak, uni o`zgartirishga harakat qilgan ayol bilan baxtli bo`lolmaydi», degan edi.

Ikki ijodkor o`rtasidagi munosabatlar tez sur`atda elga ma`lum bo`ldi. Ular bir-birini oilasi bilan tanishtirib, muhabbatlari haqida jar solishdi. Yangi uy, sovg`a-salomlar, umuman olganda, ular uchun xuddi ertaklardagi hayot boshlandi. Turkiya OAVsini diqqatini tortgan voqealardan biri esa aktyorning sevgilisiga 12 ming evrolik taqinchoqni sovg`a qilgani bo`ldi. Ular, hatto, mashinalarining raqamlarini ham bir-birining ismiga moslab o`zgartirishgan. Burak hayotda ham xuddi film qahramonlari kabi romantik yigit bo`lib chiqdi. U o`zining tug`ilgan kunida, Faxriyaga turmush qurish taklifini aytadi. Barcha yaqinlari va do`stlari davrasidagi bu voqea tarixga muhrlandi. 2016 yil 24 dekabr ular munosabatlarini rasmiylashtirishga qaror qilishgan. Bu kun aktyor Fexriyaga 26 ming dollarlik uzuk sovg`a qilgani esa hammani hayratga solgan.

Burakning ilk shartlari

Bu quvonchli voqealardan so`ng ular haqidagi ilk noxush mish-mishlar tarqala boshladi. Turkiya saytlari yozishicha, ikki yosh to`ydan keyingi asal oyini qaerda o`tkazish borasida tortishib qolishganmish. Aytishlaricha, Faxriya Maldivada dam olishni istagan, Burak esa bunday katta xarajatlarga hojat yo`qligini aytgan. Xullas, aktyor bo`lajak oila boshi sifatida, aktrisaning ijodiy faoliyatiga ham aralasha boshlagan. Shuningdek, matbuotdagi taxminlarga ko`ra, unashtirishdan so`ng suratga olish ishlari boshlangan «So`nggi nafasimgacha» serialida Faxriyaga ba`zi sahnalarida suratga tushishni taqiqlangan. Lekin bu haqida ijodkorlarning o`zlari aniq izoh berishmagan.

85 ming evrolik to`y!

Sevishganlarning to`yi 2017 yil 29 iyunda bo`lib o`tgan. Marosim Istambuldagi Bosfors ko`rfazining sohilida joylashgan eng muhtasham villalaridan birida o`tkazildi. Tadbirda 500 ta mehmon ishtirok etgan bo`lib, tashrif buyurganlarning har biriga o`rtacha 170 evro sarflangani haqida ham taxminlar yo`q emas. Umumiy hisobda esa to`y marosimi mashhurlarga 85 ming evroga tushgan. Axir kelin naq uch marta libos o`zgartirgan. Ko`ylaklarning har biri eng mashhur dizaynerlar tomonidan maxsus yaratilgan.

Shu tariqa ikki mashhur ijodkorning to`yi olamshumul tarzda bo`lib o`tdi. Asal oyi uchun esa Faxriya istagandek Maldivaga uchib ketishgan. Ijodiy yangiliklarga kelsak, Burak Ozchivit ishtirok etgan yangi kinoloyiha «Mening ukam-2» oilaviy filmi 27 noyabr premera qilinishi kutilmoqda. Faxriya esa hozircha reklama roliklari bilan chegaralanayapti.

FAKT

Aktyor bolalikdagi qiziqishlaridan biri futbolga bugun ham befarq emas. Bo`sh vaqti bo`ldi deguncha yashil maydonga shoshadi. Shuningdek, u retro-avtomobillar kolleksioneri hamdir. Burak ota kasbi tadbirkorlikning-da boshidan tutgan. U Istanbuldagi «Balibey Döner» nomli restoranining egasi.

Aliya SULAYMANOVA tayyorladi.

 


Manba: Darakchi.uz

Логин:
Пароль: