Главная » Yangiliklar » ​Buyuk Britaniyada arvohli uyda yashovchi oila enaga qidirayotgani haqida e`lon berdi
​Buyuk Britaniyada arvohli uyda yashovchi oila enaga qidirayotgani haqida e`lon berdi

​Buyuk Britaniyada arvohli uyda yashovchi oila enaga qidirayotgani haqida e`lon berdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Buyuk Britaniyada arvohli uyda yashovchi oila enaga qidirayotgani haqida e`lon berdi
  • Дата релиза: 16-06-17, 13:08
​Buyuk Britaniyada arvohli uyda yashovchi oila enaga qidirayotgani haqida e`lon berdi
Buyuk Britaniyaning shotlandiyaliklar yashovchi Skottish-Bordes viloyatida yashovchi oila farzandlariga enaga qidirayotganligi haqida e`lon berdi, deb yozdi Vesti.ru nashri.

Shu bilan birga e`londa mazkur oila yashovchi uyda arvohlar borligi haqida ochiq yozilgan.

E`lon Buyuk Britaniyaning Childcare.co.uk nomli enaga qidirish bilan shug`ullanuvchi yirik saytiga joylashtirilgan. Oila 5 va 7 yoshli bolaga enagalik qilish uchun yiliga 50 ming funt sterling (60 ming AQSh dollaridan ortiq) pul to`lashi, enaga ular bilan birga yashashi, uylari go`zal manzaraga ega bo`lib, qadimiy binoda joylashgani haqida ma`lumot bergan. Shu bilan birga ular mazkur uyda o`n yildan beri yashayotganliklari, uni sotib olayotganda uyning oldingi egalari arvohlar borligi haqida ogohlantirganini yashirmagan. O`tgan yillar mobaynida ularning oilasida 5 nafar enaga ishlagan, ammo uydagi g`alati tovushlar, oynalarning o`z-o`zidan sinishi, mebellarning joyidan siljishi oqibatida ishdan ketishga majbur bo`lgan. Uy egalarining o`zi esa biror g`ayritabiiy narsani sezmagan.

Childcare.co.uk saytining ijroiya direktori Richard Konvey e`lonning haqiqiyligini, yolg`on emasligini tasdiqlab, mazkur vazifani bajarish uchun enaga topilishiga ishonch bildirdi. Uning so`zlariga qaraganda, mazkur uydagi g`ayritabiiy voqea-hodisalardan hech kim jabrlanmagan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: