Главная » Yangiliklar » Buyuk Britaniyada eng kichik uzun dumli maymunning uch egizagi dunyoga keldi
Buyuk Britaniyada eng kichik uzun dumli maymunning uch egizagi dunyoga keldi

Buyuk Britaniyada eng kichik uzun dumli maymunning uch egizagi dunyoga keldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Buyuk Britaniyada eng kichik uzun dumli maymunning uch egizagi dunyoga keldi
  • Дата релиза: 05-09-14, 18:24
Buyuk Britaniyada eng kichik uzun dumli maymunning uch egizagi dunyoga keldi

Buyuk Britaniyaning Devon shahridagi Shaldon Wildlife Trust hayvonot bog‘i xodimlari maymunlarning eng kichik vakili hisoblangan uzun dumli maymun uch maymunni dunyoga keltirganini ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti” xabar berdi.

 Mirror nashrida qayd etilishicha, Mindi nomli maymuncha va uning hamrohi Mork birgalikda birgina oddiy chashkaga sig‘adi. “Mitti maymunlarning farzandlari tez-tez egizak tug‘iladi. Ba’zan birdaniga uch egizak ham dunyoga kelgani kuzatilgan. Biroq ular kamdan-kam holda yashab ketadi”, — dedi hayvonot bog‘ida faoliyat yurituvchi Juli Metyuz.

 Ma’lum qilinishicha, mazkur mitti uch maymuncha bilan hammasi joyida bo‘ladi, ular yashab ketadi.

 Metyuzning so‘zlariga ko‘ra, Mork va Mindi juda ahil bo‘lib, ular Mini, Mayni va Mo deb nom berilgan bolalarini parvarish qilishda bir-biriga yordam bermoqda.

 Hayvonot bog‘i xodimining aytishicha, uzun dumli mitti maymunlar qanchalar yoqimli bo‘lmasin, ular uy hayvoni sifatida emas, tabiiy sharoitda — o‘ziga o‘xshash hayvonlar orasida yashashi lozim.

Логин:
Пароль: