Главная » Yangiliklar » “Buyuk ipak yo‘li” avtopoygasi O‘zbekistondan o‘tadi
“Buyuk ipak yo‘li” avtopoygasi O‘zbekistondan o‘tadi

“Buyuk ipak yo‘li” avtopoygasi O‘zbekistondan o‘tadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: “Buyuk ipak yo‘li” avtopoygasi O‘zbekistondan o‘tadi
  • Дата релиза: 22-07-14, 00:55
“Buyuk ipak yo‘li” avtopoygasi O‘zbekistondan o‘tadi
19-iyul kuni Xitoyning shimoli-g‘arbiy Shensi provinsiyasining ma’muriy markazida “Buyuk ipak yo‘li — 10 ming lidan iborat yo‘l” avtomobil poygasi boshlandi. Bu haqda Euronews’ga tayanib, Anhor.uz xabar berdi.

Xitoylik 45 poygachi, xususan, mashhur olimlar, san’at arboblari va muxbirlar 15 ming kilometrdan iborat yo‘lni bosib o‘tadi. Ular 60 kun ichida XXRdagi 14 shahar, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Gruziya, Turkiya va Gretsiyani kesib o‘tadi.

Poyganing so‘nggi nuqtasi qilib Italiya poytaxti — Rim shahri belgilangan.

Ma’lumot uchun, hozirda Xitoy o‘tgan yili XXR raisi Si Szinpin tomonidan olg‘a surilgan “Buyuk ipak yo‘lining iqtisodiy zonasi”ni qurish konsepsiyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Konsepsiya tarixda mazkur yo‘l bo‘yida joylashgan davlatlar o‘rtasida energetika, sarmoya, qishloq xo‘jaligi, moliya, turizm singari sohalarda hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Логин:
Пароль: