Главная » Yangiliklar » Chet ellik xonandalar Ziyodadan qo`shiq o`g`irladi
Chet ellik xonandalar Ziyodadan qo`shiq o`g`irladi

Chet ellik xonandalar Ziyodadan qo`shiq o`g`irladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Chet ellik xonandalar Ziyodadan qo`shiq o`g`irladi
  • Дата релиза: 02-02-17, 13:48
Chet ellik xonandalar Ziyodadan qo`shiq o`g`irladi
Ko`pincha, o`zbek xonandalari chet ellik xonandalar ijodiga murojaat qilib, ularning qo`shiqlarini qayta kuylaydi. O`zbek estradasida bu hol tez-tez kuzatiladi. Chet ellik xonandalar o`zbek tilidagi qo`shiqlarni olib, o`z tilida qayta kuylashi esa har doim ham uchraydigan holat emas.

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ziyodaning bir nechta qo`shiqlarini chet ellik xonandalar o`g`irlab, qayta kuyladi.

“Sevadi yorim mani”, “Xayolim”, “O`yna-o`yna” kabi Ziyoda ijodidagi xit taronalar turk va rus tillarida jarang sochdi. Xonandaning o`zidan mazkur holatga munosabatini so`raganimizda u bundan xafa emasligini, aksinchi xursand ekanligini ma`lum qildi.
Логин:
Пароль: