Главная » Yangiliklar » Chilida operasiya vaqtida futbol tomosha qilgan shifokorlar ishi tergov qilinmoqda
Chilida operasiya vaqtida futbol tomosha qilgan shifokorlar ishi tergov qilinmoqda

Chilida operasiya vaqtida futbol tomosha qilgan shifokorlar ishi tergov qilinmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Chilida operasiya vaqtida futbol tomosha qilgan shifokorlar ishi tergov qilinmoqda
  • Дата релиза: 30-06-17, 13:44
Chilida operasiya vaqtida futbol tomosha qilgan shifokorlar ishi tergov qilinmoqda
Chili universiteti qoshidagi klinik gospitali shifokorlar brigadasi jarrohlik operasiyasi vaqtida Chili va Portugaliya futbol jamoalari o`rtasidagi matchni tomosha qilgani yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

O`tgan chorshanba kuni “Kazan Arene”da bo`lib o`tgan yarim final turnirida portugaliyaliklar Chili terma jamoasiga 0:3 hisobida yutqazdi. Asosiy va qo`shimcha vaqt durang bilan yakunlandi.

“Mazkur holat yuzasidan barcha ma`mriy choralar ko`rilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyilgan gospital xabarnomasida. Ijtimoiy tarmoqlarda jarrohlik operasiya vaqtida futbol tomosha qilayotgan shifokorlar aks etgan video tarqaldi. Kasalxona rahbariyati shifokorlarning bu xatti-harakatlarini qat`iy muhokama etilganligini, mazkur operasiya muvaffaqiyatli yakunlanganligini, bemorning ahvoli qoniqarli darajada ekanligini ma`lum qildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: