Главная » Yangiliklar » Chilla boshida O‘zbekistonda harorat 44 darajagacha ko‘tariladi
Chilla boshida O‘zbekistonda harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

Chilla boshida O‘zbekistonda harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Chilla boshida O‘zbekistonda harorat 44 darajagacha ko‘tariladi
  • Дата релиза: 27-06-14, 12:40
Chilla boshida O‘zbekistonda harorat 44 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekistonda 25-iyundan boshlangan qirq kunlik chilla 5-avgustga qadar davom etadi. Bugun, 26-iyun kuni, O‘zbekistonda harorat 36—41 daraja issiqni, janub va cho‘l zonalarida esa 42—44 daraja issiqni tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) xabar berdi.

Gazeta.uz’ning ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentda eng baland harorat 1997-yil 18-iyulda qayd etilgan bo‘lib, u +44,6 darajani tashkil etgan.

26-iyun 14:00 holatiga ko‘ra Toshkentda 38 daraja issiq kuzatilmoqda. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 28-iyun—1-iyul kunlari havo harorati Toshkentda 41, Qashqadaryo va Surxondaryoda 44, Farg‘ona vodiysida 40, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 43, Buxoro va Navoiyda 44, tog‘li hududlarda esa 32 darajagacha ko‘tariladi.

2014-yil muborak Ramazon oyi ham ayni issiq kunlarga tog‘ri kelar ekan. Ro‘zadorlarga sabr tilaymiz
Логин:
Пароль: