Главная » Yangiliklar » Chilonzor tumanida telefon o‘g‘risi qo‘lga olindi
Chilonzor tumanida telefon o‘g‘risi qo‘lga olindi

Chilonzor tumanida telefon o‘g‘risi qo‘lga olindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Chilonzor tumanida telefon o‘g‘risi qo‘lga olindi
  • Дата релиза: 09-06-17, 14:45
Chilonzor tumanida telefon o‘g‘risi qo‘lga olindi
Chilonzor tumani hududida “Nokia 222” telefonini o‘g‘rilab ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining matbuot xizmati.

2017-yilning 5-iyun kuni taxminan soat 22:00 larda, Chilonzor tumani hududida Sherzod Fayzullayev ismli shaxs (ismlar o‘zgartirilgan) qo‘ng‘iroq qilib olish uchun Akmal Hamidovning ”Nokia 222” telefonini olgan va qochib ketgan.

Hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida, tungi xizmatni olib borayotgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismi (o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-taroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: