Главная » Yangiliklar » ChIROYLI AVTORAQAMLARNI SOTISh BO`YIChA ONLAYN-AUKSION IShGA TUShDI
ChIROYLI AVTORAQAMLARNI SOTISh BO`YIChA ONLAYN-AUKSION IShGA TUShDI

ChIROYLI AVTORAQAMLARNI SOTISh BO`YIChA ONLAYN-AUKSION IShGA TUShDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ChIROYLI AVTORAQAMLARNI SOTISh BO`YIChA ONLAYN-AUKSION IShGA TUShDI
  • Дата релиза: 06-09-17, 10:58
ChIROYLI AVTORAQAMLARNI SOTISh BO`YIChA ONLAYN-AUKSION IShGA TUShDI
O`zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to`lov stavkalarida sotish bo`yicha yangi savdo platformasini ishga tushirdi.

Avtoraqamlarni sotish bo`yicha elektron auksion savdolar ayni paytda Internet global tarmog`ida test rejimida ishga tushirilgan birjaning avtoraqam.uzex.uz yangi vebsaytida amalga oshiriladi. Bu haqda O`zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Elektron savdolarni yangi mexanizmi, birjaning boshqa savdo platformalari kabi ochiq-oydinlik, oshkoralik, raqobat va barcha savdo ishtirokchilari uchun teng sharoit yaratish tamoyillariga asoslangan.

Avtoraqamlarni savdolarga qo`yilishi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB bo`linmalarining ma`sul xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Ularni birjaning axborot tizimida ishlash bo`yicha malakali o`qitish maqsadida O`zRTXB xodimlari tomonidan Toshkent shahri va respublikamizning hududlariga qisqa muddatli sayyor o`quv kurslari tashkillashtirildi.

Bundan tashqari, O`zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi yaqin kunlarda O`zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Ichki ishlari Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi bilan birgalikda mazkur masala yuzasidan matbuot anjumanini o`tkazishni rejalashtirmoqda.

Birjaning onlayn-auksionlarida ishtirok etish masalasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar uchun “O`zRTXB” AJning Call-markaziga 207-00-33 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: