Главная » Yangiliklar » ​Dam olish zonasida quloqlari kesilgan inson boshi topildi
​Dam olish zonasida quloqlari kesilgan inson boshi topildi

​Dam olish zonasida quloqlari kesilgan inson boshi topildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Dam olish zonasida quloqlari kesilgan inson boshi topildi
  • Дата релиза: 05-07-17, 00:10
​Dam olish zonasida quloqlari kesilgan inson boshi topildi
Moskva viloyatining Solnechnogorsk tumanidagi dam olish zonasidagi manqaldan inson jasadi qoldiqlari topildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Dam olish zonasi qorovullari kuygan narsaning badbo`y hidini sezishdi. Ular hududni aylanib, tekshirishganda uylardan birining yonidagi manqaldan inson tanasining kuygan qismlarini topib, zudlik bilan polisiyaga qo`ng`iroq qilishdi. O`t-o`lanlar orasidan quloqlari kesilgan inson boshi topildi.

Jinoyatda gumonlangan shaxslar tezda qo`lga olindi, ular mast holatda manqal yonidagi uyda tunashgan.

Uydan taxmin qilingan jinoyat qurollari — bolta, bolg`a, arra, tibbiyot niqobi, qo`lqop va qon yuqi bo`lgan polietilen plenka topildi. Barcha gumonlangan shaxslar qo`lga olindi. Ulardan biri restoranda bosh oshpaz bo`lib ishlagan. Jinoyatga maishiy janjal sabab bo`lganligi taxmin qilinmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: