Главная » Yangiliklar » ​Davlat raqami belgisini berkitishga uringan haydovchini qanday jazo kutmoqda?
​Davlat raqami belgisini berkitishga uringan haydovchini qanday jazo kutmoqda?

​Davlat raqami belgisini berkitishga uringan haydovchini qanday jazo kutmoqda?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Davlat raqami belgisini berkitishga uringan haydovchini qanday jazo kutmoqda?
  • Дата релиза: 11-05-17, 11:23
​Davlat raqami belgisini berkitishga uringan haydovchini qanday jazo kutmoqda?
Bugungi kunda poytaxtimiz chorrahalarida video kuzatuv kameralar ishga tushishi bilan haydovchilar tomonidan davlat raqamlari belgilarini turli xil polietilen ashyolarni yopishtirish yoki turli kimyoviy vositalarini surtish hamda chipli qurilmalar vositasida yashirish hollari ko`p uchramoqda.

Bunday hollarda haydovchilarga nisbatan qo`llaniladigina jazo yuzasidan “Toshkent” telekanali “Poytaxt vaziyat” ko`rsatuvida IIV YHXBB inspektori Akmal Yunusov oydinlik kiritdi.

Davlat raqami belgisini berkitishga urunishlar bo`lishi mumkinligini inobatga olgan holda 2015 yilda qonunchilikka tegishli o`zgartirishlar kiritilib, ma`muriy jazo choralari ko`zda tutilgan. Bugungi kunda bu kabi o`nlab holatlar aniqlandi.

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 127-moddasi 2-bandiga asosan bunday holat aniqlangan taqdirda fuqarolarga eng kam ish haqining 1 dan 3 baravarigacha miqdorda, yuridik shaxslarga 3 dan 5 baravargacha bo`lgan miqdorda jarima solinadi. Shuningdek berkitishda foydalanilgan ashyolar musodara etiladi. Bundan tashqari davlat raqami belgisini asli holiga keltirib bo`lmas darajada zarar etkazgan haydovchidan davlat raqami belgisi musodara qilinib, yo`q qilinadi. Tabiiyki, bunda haydovchi ham jarima to`laydi hamda yangidan davlat raqami belgisini oladi. Bu esa harajatlarni ikki yanada ko`paytiradi.
Manba Darakchi.uz
Логин:
Пароль: