Главная » Yangiliklar » ​DAVLAT TEST MARKAZI APELLYaSIYa NATIJALARINI E`LON QILDI
​DAVLAT TEST MARKAZI APELLYaSIYa NATIJALARINI E`LON QILDI

​DAVLAT TEST MARKAZI APELLYaSIYa NATIJALARINI E`LON QILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​DAVLAT TEST MARKAZI APELLYaSIYa NATIJALARINI E`LON QILDI
  • Дата релиза: 27-09-17, 15:35
​DAVLAT TEST MARKAZI APELLYaSIYa NATIJALARINI E`LON QILDI
O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalari bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda o`tkazilgan test sinovlari natijalari bo`yicha berilgan murojaatlar 2017 yilning 15 avgust kunidan boshlab 4 sentyabrga qadar test natijalaridan norozi bo`lgan 4001 nafar abiturientlardan arizalar qabul qilindi.

Arizalar joriy yilning 18 avgust – 18 sentyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 14 avgustdagi 6-son bayoni bilan tasdiqlangan fan ekspert guruhlari a`zolari tomonidan bevosita apellyasiya shikoyatini bergan abiturientlar ishtirokida ko`rib chiqildi.

Ariza bergan jami abiturientlarning 657 nafari apellyasiya jarayoniga kelmadi, 248 nafarining hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi sababli, apellyasiya arizalari ko`rib chiqilmadi, 1 nafar abiturient apellyasiya o`tkazish tartibini buzganligi sababli, jarayondan chetlashtirildi.

Ko`rib chiqilgan arizalar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va Ta`lim muassasalariga qabul bo`yicha Davlat komissiyasiga taqdim etildi, bu haqda DTM Axborot xizmati xabar berdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: