Главная » Yangiliklar » Davron Kabulov O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqmoqchi
Davron Kabulov O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqmoqchi

Davron Kabulov O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqmoqchi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Davron Kabulov O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqmoqchi
  • Дата релиза: 27-03-17, 12:18
Davron Kabulov O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqmoqchi
Boshlovchi va shoumen Davron Kabulov O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishi mumkinligini ma`lum qildi.

“Murabbiylik tajribam yo`qligini yuzimga solishmasa, ‘qo`ng`iroqlar’ bilan tarkib tanlashga aralashishmasa O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqa olaman. Tekinga-pul kerakmas. 4 yil Vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman. ‘Boshlovchiligingni qilsangchi’, degan gaplarga shoshilmang. Termamizni shu vaqtgacha Sarkisyan, , Mirsodiqov, Vega da Silva, Salkov, Nepomnyashiy, Abramov, Kosimov, Babayan kabi ‘tan olingan’lar boshqardi-olib chiqolmadi JChga.

Hech narsa yo`qotmaysiz: eplolmasam 6 marta chiqolmagan mundialga 7 marta chiqmagan bo`lasiz, va`damning ustidan chiqsam tarixda birinchi marta bo`ladi. Jiddiy aytyapman. Agar natija oldingilaridan yomon bo`lsa, yashab turgan uyimni o`rtaga tikishga tayyorman!”,—deb yozdi Davron Kabulov o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart, payshanba kuni JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 6-turida Suriyaga qarshi bahsda imkoniyatni qo`ldan boy berdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: