Главная » Yangiliklar » Dekabr oyi haqiqiy qish ob-havosi bilan boshlanadi
Dekabr oyi haqiqiy qish ob-havosi bilan boshlanadi

Dekabr oyi haqiqiy qish ob-havosi bilan boshlanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Dekabr oyi haqiqiy qish ob-havosi bilan boshlanadi
  • Дата релиза: 27-11-18, 22:01
Dekabr oyi haqiqiy qish ob-havosi bilan boshlanadi
O`tgan dam olish kunlarida respublika hududlariga g`arbiy sovuq havo massalari kirib keldi. 24 noyabr kuni yomg`ir yog`di, ba`zi joylarda esa kuchli bo`ldi, respublika hududlarning ko`p qismida yomg`irni qorga aylanishi kuzatildi. Kunduzgi harorat 2-5 daraja iliq bo`ldi, deb xabar bermoqda FVV.

Yakshanba kuni respublika hududlarining ko`p qismida yog`ingarchilik kuzatilmadi, lekin sovuq havo massalari ta`siri saqlanib turdi: harorat kechasi 4-7 daraja sovuq, shimolda 10-12 daraja sovuq, kunduzi esa 3-5 daraja iliq atrofida bo`ldi. Sovuq front o`tishi natijasida shamol 15-20 m/s.gacha, ba`zi joylarda 22-25 m/s.gacha kuchayishi kuzatildi.

Qayd etilishicha, bugun va ertaga O`zbekiston hududlariga Turkmaniston hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi: tog`li hududlarda yog`ingarchilik bo`ladi, 27 noyabrda ba`zi joylarda kuchli shamol bo`lishi mumkin. Havo harorati biroz pasayadi va 27 noyabrda 2-7 daraja iliqni tashkil etadi.

28 noyabrda respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlari bo`yicha yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli saqlanib turadi. 29-30 noyabrda iliq va quruq havo bo`lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi 13-15 daraja iliq bo`ladi.

Bildirilishicha, qish mavsumining birinchi oyi haqiqiy qish ob-havosi bilan kutib oladi. 1 dekabrda respublika hududlarining ko`p qismida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin) bo`lishi mumkin. 2 dekabrda quruq va sovuq ob-havo o`rnashadi. Harorat foni 7-9 darajaga pasayadi, 2 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: