Главная » Yangiliklar » DILDORA NIYoZOVAGA NOODATIY SELFI, KUMIRI VA TURMUSh O`RTOG`INING ODATLARI HAQIDA
DILDORA NIYoZOVAGA NOODATIY SELFI, KUMIRI VA TURMUSh O`RTOG`INING ODATLARI HAQIDA

DILDORA NIYoZOVAGA NOODATIY SELFI, KUMIRI VA TURMUSh O`RTOG`INING ODATLARI HAQIDA

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: DILDORA NIYoZOVAGA NOODATIY SELFI, KUMIRI VA TURMUSh O`RTOG`INING ODATLARI HAQIDA
  • Дата релиза: 19-08-17, 19:26
DILDORA NIYoZOVAGA NOODATIY SELFI, KUMIRI VA TURMUSh O`RTOG`INING ODATLARI HAQIDA
Har oyda yangi qo`shiq kuylamasa ham, bu xonandaga tinglovchilari vafodor. Qo`shiqlaridagi ma`no, xalqchilik xonanda va muxlisni birlashtirib turadi, nazarimizda. Sahifamiz qahramoniga berilgan kutilmagan savollar orqali uning dunyosi bilan yaqinroq tanishamiz...

— Noodatiy selfi suratga tushish uchun o`zingizga yaqin bo`lgan holatni tanlang: tezlikda yurib ketayotgan poezd vagonining tepasiga chiqish; o`ttiz qavatli bino tomida; sher bilan bir qafasda.

— Poezd vagonining tepasiga chiqqan bo`lardim. Bu qaysidir ma`noda fe`lim bilan bog`liq. Hayotda ham harakatda bo`lishni, tezlikni yoqtiraman.

— O`zingizdagi qaysi xislatni dugonalaringizga o`rnak sifatida ko`rsata olasiz?

— Sabr bilan hamma narsaga erishish mumkinligini o`zim uchun isbotlaganman. Dugonalarimga ham doim sabr qilish kerakligi haqida aytaman.

— Juletta rolini ijro etish taklifi tushdi...

— Agar yoshroq bo`lganimda hech ikkilanmasdan rozi bo`lar edim. Lekin bugun yoshim, ko`rinishim bu rolga to`g`ri kelmaydi.

— Tashqi ko`rinishingizda nimani o`zgartirgan bo`lardingiz?

— Hech narsani. Doim o`zimni shunday ko`rinishda qabul qilib kelganman. Shuning uchun tubdan o`zgarish men uchun emas.

— O`zingizga qaysi savolni ko`p berasiz?

— Baxtlimanmi? Nega bilmadim, lekin miyamda mana shu savol ko`p takrorlanadi. Har safar ijobiy javob olganman (kuladi). Shukr, yaqinlarim sog`-salomat, turmush o`rtog`im yonimda, farzandlarim bor. Nolishga o`rin yo`q.

— Dunyoga mashhur qaysi insonning hayotida bir kun yashab ko`rishni istardingiz?

— Yoshligimdan bir mashhur inson kumirim edi. Vaqtlar davomida uning ijodidan tashqari hayotidan boxabar bo`lib biroz hurmat qilmay qo`ydim. San`atkorning shaxsiy hayotiga emas, ijodiga qiziqish kerak, deb bekorga aytishmas ekan.

— Bir jamadon pul berishsa...

— Ijod qilishni yaxshi ko`raman. Ammo ba`zida imkoniyatlarim biroz to`sqinlik qilib turadi. Agar qo`limga katta pul tushsa, ko`-o`-o`p qo`shiq yozib, maza qilib klip suratga oldirardim.

— Turmush o`rtog`ingiz odatda nega rashk qiladi?

— Bo`lar-bo`lmasga qizg`anadigan odatlari yo`q. Lekin biroz kalta ko`ylak kiysam, jahllari chiqib, gapirib qo`yadilar.

— Ko`rinmas odamga aylanib qolsangiz...

— Butun dunyoni aylanib chiqqan bo`lardim, tekinga (kuladi). Lekin hech kim bilan gaplasholmay, zerikib qolishim mumkin-ku... Yaxshilab o`ylab ko`rishim kerak ekan.

— Tushingiz o`ngidan kelganmi?

— Bunday holat juda ko`p bo`ladi. Masalan, to`yimdan oldin, erim bilan qo`l ushlashib, uzoq yo`lga chiqqanimni tush ko`rgandim. O`shanda uyg`onib shu yigitga turmushga chiqsam kerak, degan xayol o`tgandi.

— «Ginnes rekordlar kitobi»ga kirish imkoni berilganida, qaysi yo`nalishni tanlagan bo`lardingiz?

— Milliorder bo`lganimda, dunyoda eng ko`p yaxshilik qilgan Dildora Niyozova sifatida bu kitobda qayd etilishni istardim.

— Qachon oxirgi marotaba ota-onangizga ularni yaxshi ko`rishingizni aytdingiz?

— Bu gapni juda tez takrorlayman. Bundan uch kun avval uyga borgandim, o`shanda ham shu so`zlarni aytib xayrlashdim. Ota-onalarimiz doim sog` bo`lishsin!

Aliya SULAYMANOVA
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: