Главная » Yangiliklar » ​Dilorom Omonullaeva Rayhon haqida: U juda chiroyli qiz, lekin ovozi yo`q
​Dilorom Omonullaeva Rayhon haqida: U juda chiroyli qiz, lekin ovozi yo`q

​Dilorom Omonullaeva Rayhon haqida: U juda chiroyli qiz, lekin ovozi yo`q

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Dilorom Omonullaeva Rayhon haqida: U juda chiroyli qiz, lekin ovozi yo`q
  • Дата релиза: 10-07-17, 17:06
​Dilorom Omonullaeva Rayhon haqida: U juda chiroyli qiz, lekin ovozi yo`q
Taniqli bastakor Dilorom Omonullaeva Rayhon va Munisa Rizaevaning ijodiga munosabat bildirdi.

“Bilasizmi, bizda professional tanqidni ko`tara olishmaydi. Bunga xechkim tayyormasdek. Men o`z mutaxassisligim tarafidan ochiqchasiga tanqid qilaman va bunga haqqim bor. Bir marotaba Rayhonni tanqid qilgandim. U juda chiroyli qiz, onasini judayam hurmat qilaman, buyuk aktrisa lekin Rayhonning vokal taraflama ovozi yo`q, deb hisoblayman. Oddiy va juda katta bo`lmagan ovoz va engilgina qo`shiqlar kuylaydi, deb tanqid qilgandim. Keyin Munisa Rizaevani tanqid qilganman, o`zbekona milliylikka xos emas, degandim. Lekin Munisaning ovozi ajoyib! Ovozi zo`r, hammasi zo`r faqat dasturini o`zgartirish kerak deganman. Unga ko`proq mentalitetga xos va uni ovoziga mos professional qo`shiqlar tanlanishi kerakdek. Sevara Nazarxon ham o`quvchim, etno jaz bilan butun dunyoga tanildi, afsuski repertuarni o`zgartirib yo`nalishi popsaga o`tdi. U etno jaz kuylashini istardim. Baribir uni tan olaman o`zimning o`quvchim, juda iqtidorli. Mening oldimga kerib agar rosmana tanilgan mashhur Munisa Rizaeva janjal qilsayam tushunardim , bu kim bo`lib qolgan o`zi Muhammedova? (kuladi). Munisa o`zimizda bo`lmasayam lekin horijda musiqadan dars olganidan xabarim bor. Man gapirmasam shularni kim gapiradi?”
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: