Главная » Yangiliklar » Dilso‘z: Turmush o‘rtog‘imdan mashhurligim munosabatlarimizga xalaqit bermaydi
Dilso‘z: Turmush o‘rtog‘imdan mashhurligim munosabatlarimizga xalaqit bermaydi

Dilso‘z: Turmush o‘rtog‘imdan mashhurligim munosabatlarimizga xalaqit bermaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Dilso‘z: Turmush o‘rtog‘imdan mashhurligim munosabatlarimizga xalaqit bermaydi
  • Дата релиза: 28-11-17, 21:31
Dilso‘z: Turmush o‘rtog‘imdan mashhurligim munosabatlarimizga xalaqit bermaydi
MyDay xonanda Dilso‘z bilan farzandlar tarbiyasi, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari va ijodi haqida intervyu uyushtirdi.

— Bugun Dilso‘z nimalar bilan band?

— Yangi klip olish arafasidaman. Farzandlar tarbiyasi bilan ham bandman, albatta.

— Bir vaqtda ham oila, ham ijod bilan shug‘ullanish qiyin bo‘lmayaptimi? Axir hozir ikki farzandning onasisiz?

— Qiyin tomonlari ham bor, lekin yaqinlarim ko‘mak berib turishibdi. Shunga ijodni ham to‘xtatmayapman. Baxtimga onam, yaqinlarim omon bo‘lsin.

— Siz yaxshi onamisiz yoki rafiqa?

— Har ikkalasida ham yaxshi bo‘lishga harakat qilaman, albatta.

— Har bir oilada kichik janjallar bo‘lib turishi tabiiy. Mana shunday vaziyatlarda kim birinchi uzr so‘raydi?

— Men birinchi uzr so‘rayman.

— Farzandlaringiz qaysi kasbni tanlashini istardingiz?

— O‘zlari xohlagan kasbni tanlashlari tarafdoriman.
— Fikrimizcha, siz turmush o‘rtog‘ingiz xonanda Farruh Raimovga nisbatan mashhurroqsiz. Bu munosabatlarga xalaqit bermayaptimi?

— Yo‘q, xalaqit bermaydi. Ishonaman, hali hammasi oldinda va san’at cho‘qqilarini birgalikda zabt etamiz.

— Ikki san’atkorning bir oilada yashashi qanchalik yaxshi va qanchalik bu munosabatlarga xalaqit beradi?

— Bu juda yaxshi. Chunki har doim bir-birimiz bilan maslahatlashamiz, qo‘llab-quvvatlaymiz.
—Chet el san’atkorlaridan kimgadir taqlid qilasizmi?

— Taqlid qilmayman, havas qiladiganlarim bor.

— Siz uchun shou-biznes?

— Qiziqarli va mashaqqatli olam.

— O‘zbek shou-biznesida qaysi xonandalar ijodini kuzatib borasiz?

— Deyarli ko‘pchilik xonandalarning ijodini kuzatib boraman.

— Kimlar bilan duet kuylashni istardingiz?

— Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova va Selin Dion bilan.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: