Главная » Yangiliklar » Dima Bilan uning o‘limi haqidagi ma’lumotni kim tarqatayotganligini aniqladi
Dima Bilan uning o‘limi haqidagi ma’lumotni kim tarqatayotganligini aniqladi

Dima Bilan uning o‘limi haqidagi ma’lumotni kim tarqatayotganligini aniqladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Dima Bilan uning o‘limi haqidagi ma’lumotni kim tarqatayotganligini aniqladi
  • Дата релиза: 22-12-17, 22:56
Dima Bilan uning o‘limi haqidagi ma’lumotni kim tarqatayotganligini aniqladi
Dima Bilan o‘zining o‘limi haqidagi xabarlardan shunchalik tashvishga tushdiki, hatto unga g‘iybatchilar bilan kurashishga yordam beruvchi advokat yolladi, deb yozadi 7MedNews.

Qo‘shiqchi o‘limi haqidagi yangiliklarni tarqatayotganlar axloq qoidalari bo‘lmagan, biroq tekin daromad qilishga intiluvchi tadbirkorlar ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Butun 2017-yil davomida internetda Dima Bilan o‘zini yomon his qilayotganligi, u yoki bu og‘ir xastalikka chalinganligi, davolanayotganligi yoki vafot etganligi haqidagi xabarlar muntazam paydo bo‘ldi. Firibgarlar hattoki dafn marosimiga qaysi sanada kelish kerakligini ham ko‘rsatgan. Oxirgi g‘iybat uning muxlislarini shokka tushirdi.

Dima Bilan uni dafn etishayotganidan shunchalik bezor bo‘ldiki, bu masalani hal qilishga qaror qildi. Chunki bularning ortidan moliyaviy zarar ham ko‘rdi. Bilan og‘ir xasta ekanligini bilib qolgan muxlislar uning konsertlari chiptalarini qaytarib bergan holatlar ham ma’lum.

Artist yosharish haqidagi qalbaki mazlarni sotayotgan bir qator saytlar xaridorlarni jalb etish uchun u haqidagi yolg‘onni chop etganligini aniqladi. Dima Bilan bu ahmoqona yangiliklarga ishonmaslik kerakligini ta’kidlaydi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: