Главная » Yangiliklar » DINAMO (G'aroyib ko'z bog'lovchining) SIRLARI: HAVODA MUALLAQ TURISH TOMOSHASI
DINAMO (G'aroyib ko'z bog'lovchining) SIRLARI: HAVODA MUALLAQ TURISH TOMOSHASI

DINAMO (G'aroyib ko'z bog'lovchining) SIRLARI: HAVODA MUALLAQ TURISH TOMOSHASI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: DINAMO (G'aroyib ko'z bog'lovchining) SIRLARI: HAVODA MUALLAQ TURISH TOMOSHASI
  • Дата релиза: 09-08-14, 16:43
DINAMO (G'aroyib ko'z bog'lovchining) SIRLARI: HAVODA MUALLAQ TURISH TOMOSHASI

Dinamo taxallusi bilan mashhur Angliyalik ko’zboylo’gich Stiven Freyn ajabtovur tomoshalari bilan barchani hayratga solib kelayapti. Uni hatto o’zga dunyo odami, avliyo yoki sehrgar deyayotganlar ham talaygina. Albatta u barchamiz kabi oddiy inson va boshqa mashhur ko’zboylog’ichlar kabi tomoshalarini qoyilmaqom amalga oshirishdan o’zga siri yo’q. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday muvafaqiyat kaliti qobiliyatga berilgan uzoq yillik sayqal hamda zamonaviy texnologiyalar va mavjud tajribadan ustalik bilan foydalana bilish hisoblanadi.

 

 Stiven Freyn Angliyaning Vest Yorkshayr (Weast Yorkshire) Bredford (Bradford) tumanida 1982-yili 17-dekabrda tug’ilgan. Bolaligi kam ta’minlangan oilada o’tgan. Maktabda o’zidan katta o’quvchilar uni kalaka qilib do’pposlashgan. U buni to’xtatish uchun fokuslarni ko’rsatishni boshlagan. Shu vaqtda u 11 yoshda edi va g’alati edi. U ilk fokusning darslari va sirlarini o’zining buvasidan o’rgana boshladi. Uning buvasi unga ilhom bag’ishlagan edi.

 Hozirda uning ishtirokida turli xil tele va videoshoular bor:
 1. Uning eng mashhur shousi Dynamo: Magician Impossible / Dinamo: hayratlanarli ko’zboylog’ich. Uning har bir qismi 44 daqiqadan iborat bo’lib, o’zining eng hayratlanarli fokuslarini qo’ygan. Bu shou Dicovery channel tomonidan olingan bo’lib, u shu kanalda qo’yiladi.
 2. Dynamo’s Underground Magic 51 daqiqali dokumental film
 3. Dynamo’s Estate of Mind
 4. Dynamo’s Concrete Playground

 Dinamo hayratomuz foksularni qanday amalga oshirishi haqida websahifamizda (turfaolam.com) “Dinamoning sirlari” turkumidagi maqolalarimiz orqali yoritib borishga harakat qilamiz.

Avtobus tomini ushlagan holda havoda muallaq turish tomoshasi

 Dinamoning Londonda yurib ketayotgan ikki qavatli avtobus tomini tutgan holda havoda muallaq turib, ko’chadagi tasodifiy tomoshabin va avtobus yo’lovchilarini hayratga soldi.

 Ushbu xabar bilan mamlakatimiz gazetlari yoki internet sahifalari orqali tanish bo’lsangiz kerak. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda 1 milliondan ortiq muxlisga ega Dinamoning ushbu tomoshasi ham albatta ko’pchilikning olqishiga sazovor bo’ldi.

 Ushbu tomoshani nemis ko’cha ko’zboylog’ichi Yohan Lorbir ham ustalik bilan amalga oshiradi hamda bu uning eng mashhur tomoshalaridan biri hisoblanadi. U ko’chada binolar devorida, uy ichida va boshqa joylarda fizika qonunlarini pisand ham qilmay, havoda muallaq turish “sana’t“ ini mukammal o’zlashtira olgan ustasi faranglardan.

 Ushbu tomosha siri juda ham oddiy bo’lib, u mehanik uskuna yani suni’y qo’l yordamida amalga oshiriladi. Devorga yopishib turgan qo‘l suni’iy bo’lib, u butun tanani ko’tarib tura oladigan mustahkam uskunaga biriktirilgan .

 Dinamoning Londonda ko’rsatgan tomoshasi ham huddi shunday amalga oshiriladi, faqat ishlatilgan texnologiya boshqacha bo’lishi mumkin.

Логин:
Пароль: