Главная » Yangiliklar » ​Dmitriy Dyujev o`zining ishtirokidagi o`zbek filmi taqdimotiga keladi
​Dmitriy Dyujev o`zining ishtirokidagi o`zbek filmi taqdimotiga keladi

​Dmitriy Dyujev o`zining ishtirokidagi o`zbek filmi taqdimotiga keladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Dmitriy Dyujev o`zining ishtirokidagi o`zbek filmi taqdimotiga keladi
  • Дата релиза: 03-05-17, 19:35
​Dmitriy Dyujev o`zining ishtirokidagi o`zbek filmi taqdimotiga keladi
8 may kuni Rus Akademik drama teatrida o`zbekistonlik talaba Muxlisa Azizova tomonidan rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori Dmitriy Dyujev ishtirokida suratga olingan “U” (“Ona”) nomli film taqdimoti bo`lib o`tadi.

Taqdimot marosimiga Dmitriy Dyujevning o`zi ham tashrif buyuradi. Bu haqda bugun Toshkentda bo`lib o`tgan Kinematografiyani rivojlantirish Markazining ochilish marosimida ma`lum qilindi.

Shu kunning o`zida Rus Akademik drama teatrida Dyujev ishtirokida “Evgeniy Onegin” monospektakli namoyish etiladi.

“U” filmida bosh rollarni Dmitriy Dyujev bilan birga Ra`no Shodieva hamda Karim Mirxodievlar ijro etgan.

Bungacha Muxlisa Azizova “Geolog: O`limdan kuchli” deb nomlangan filmning loyiha muallifi hamda “Tinchlik sohili” deb nomlangan qisqa metrajli filmning postanovkchi rejissyori sifatida ishtirok etgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: