Главная » Yangiliklar » Do`zax mavjudligini tasdiqlovchi fakt
Do`zax mavjudligini tasdiqlovchi fakt

Do`zax mavjudligini tasdiqlovchi fakt

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Do`zax mavjudligini tasdiqlovchi fakt
  • Дата релиза: 23-03-17, 19:57
Do`zax mavjudligini tasdiqlovchi fakt

Har yili minglab sayyohlar Turkmanistonda joylashgan “Do`zax darvozasi”ni tomosha qilish uchun yo`lga otlanadi, deb xabar berdi Onedio.ru nashri.

Hayron bo`lmang, haqiqatan ham mazkur gazli krater odamda vahima uyg`otadi. U nafaqat mistikani sevuvchilarni o`ziga jalb etadi, balki nomi bilan har qanday odamda qiziqish uyg`otadi. Quyida sizni “Do`zax darvozasi” haqidagi qiziqarli faktlar bilan tanishtiramiz.

1. “Darvoza” nomli gazli krater Turkmanistondagi Erbent ovulining yaqinida joylashgan.

2. Uning diametri 69 metrni, chuqurligi 20 metrni tashkil etadi.

3. Mazkur kraterga tushgan odam yoki hayvonni muqarrar ajal kutadi. Krater ichidan chiqayotgan olovning tili 15 metr balandlikgacha etadi.

4. Er osti gazi to`plangan mazkur krater 1971 yilda sobiq sho`ro geologlari tomonidan kashf etilgan. Qazilma ishlari olib borilayotganda burg`ilash vishkasi barcha asbob-anjomi bilan kraterga tushib ketgan. Yaxshiyamki, birorta odam jabrlanmagan.

5. O`sha paytda gaz tashqariga chiqib odamlar va hayvonlarga zarar etkazmasligi uchun uni yoqib yuborishga qaror qilindi. Olimlar olov bir-ikki kunda yonib tugaydi deb hisoblashdi, ammo ular adashgan ekan. Kraterdan chiqayotgan olov 1971 yildan to shu kunga qadar tunu kun yonishdan to`xtamadi.

6. 1971 yilda bunday kraterning topilishi katta sensasiya bo`ldi. Chunki o`sha paytlarda sobiq sho`ro tuzumi dinsizlikni targ`ib qilar, Yaratganga, narigi dunyoning borligiga ishonish taqiqlangan edi.

7. Bunday kraterning topilishi esa sobiq sho`ro fuqarolarini Do`zaxning borligiga ishonishga majbur qildi.

8. Mazkur kraterning topilgani radio orqali e`lon qilingandan keyin u yangi tafsilotlar bilan boyidi. Odamlar kraterdan o`lib ketgan odamlarning oh-faryodi eshitilayotganini ta`kidlashdi.

9. 2013 yilda mashhur kanadalik sayohatchi Jorj Koronis krater namunalarini yig`ishga muvaffaq bo`ldi. Uning tadqiqotlari krater tubida Er yuzida mavjud bo`lmagan bakteriyalar borligini aniqladi.

10. Shunisi qiziqqi, kraterdan uzoq bo`lmagan joyda yana xuddi unga o`xshash chuqurliklar mavjud. Ulardan biri go`zal va shaffof firuza rangli suyuqlikka to`ladir.

11. Tabiatning noyob hodisasi aks etgan suratlarni tomosha qilib, qanday xulosa chiqarish o`zingizga havola.


Manba: Darakchi.uz

Логин:
Пароль: