Главная » Yangiliklar » ​DTM: 1 AVGUST KUNI 2 764 NAFAR ABITURIENT TEST SINOVLARIDAN ChETLAShTIRILDI
​DTM: 1 AVGUST KUNI 2 764 NAFAR ABITURIENT TEST SINOVLARIDAN ChETLAShTIRILDI

​DTM: 1 AVGUST KUNI 2 764 NAFAR ABITURIENT TEST SINOVLARIDAN ChETLAShTIRILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​DTM: 1 AVGUST KUNI 2 764 NAFAR ABITURIENT TEST SINOVLARIDAN ChETLAShTIRILDI
  • Дата релиза: 02-08-17, 17:47
​DTM: 1 AVGUST KUNI 2 764 NAFAR ABITURIENT TEST SINOVLARIDAN ChETLAShTIRILDI
1 avgust kuni 59 ta Oliy ta`lim muassasalari va ularning 12 ta filialida qabul test sinovlari o`tkazildi. Davlat test markazi test sinovlari qanday o`tganligi yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Joriy yilda oliy ta`lim muassasalariga 729 947 (2016 yilda – 663 304) nafar abiturient hujjat topshirgan, shulardan 7 725 (2016 yilda – 7 521) nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abiturientlardir.

O`rtacha tanlov 1 o`ringa 11 (2016 yilda – 11,05) tani tashkil etdi.

Test sinovlarini o`tkazish maqsadida 744 ming 271 (2016 yilda – 676 ming) dona individual test savollari komplekti tayyorlandi.

Test sinovlari 1 080 (2016 yilda – 889) ta binoda joylashgan maxsus 21 765 (2016 yilda – 19 830) ta auditoriyada o`tkazildi. Davlat test markazi va tegishli xizmat organlari bilan hamkorlikda test sinovi o`tkazish tartibiga so`zsiz amal qilish bo`yicha zarur choralar qabul qilindi.

Jamoatchilik xavfsizligini ta`minlash uchun 17 317 (2016 yilda – 16 060) nafar ichki ishlar xodimlari, 1 848 (2016 yilda – 1 276) ta avtotransport vositalari (jumladan, 84 (2016 yilda – 33) ta yong`inga qarshi ekipaj, 362 (2016 yilda – 326) dona tez tibbiy yordam avtomashinalari) jalb qilindi.

Test sinovlariga 11 698 (1,6 %) (2016 yilda – 5 163 (0,8%)) nafar abiturient qatnashmadi, 2 764 (0,38 %) (2016 yilda – 714 (0,1%)) nafari test sinovi topshirish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirildi.

Test sinovlari jarayonida natijaga ta`sir etuvchi qoidabuzarlik holatlari qayd etilmadi. Test materiallari shu kunning o`zida Davlat test markaziga etkazildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: