Главная » Yangiliklar » Dubayda dronlardan litsenziyasiz foydalanish taqiqlandi
Dubayda dronlardan litsenziyasiz foydalanish taqiqlandi

Dubayda dronlardan litsenziyasiz foydalanish taqiqlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Dubayda dronlardan litsenziyasiz foydalanish taqiqlandi
  • Дата релиза: 13-04-17, 16:35
Dubayda dronlardan litsenziyasiz foydalanish taqiqlandi
Dubay fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi shaharda dronlarni uchirish uchun tegishli lizentsiya bo'lishi kerakligini majburiy shart qilib qo'ydi. Bu haqda Arabian Business nashri ma`lum qildi.

Avvalroq dronlar bir necha marotaba Dubay xalqaro aeroporti ishining vaqtinchalik to'xtashiga sabab bo'lgandi.

1 may kunidan kuchga kiradigan yangi qoidalarga ko'ra, dron xarid qilmoqchi bo'lganlar fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasida litsenziya olishga ro'yxatdan o'tishlari kerak bo'ladi.

"Odamlar dronlarni Dubayning istalgan do'konidan sotib olishlari mumkin, biroq ularda litsenziya bo'lmaguncha, uni do'kondan olib ketishlariga ruxsat bo'lmaydi", deb aytdi boshqarma vakili Maykl Rudolf. "Xaridorlar ularning dronlarni boshqarish uquvini tekshiruvchi majburiy o'quv dasturidan o'tishlari kerak bo'ladi", deb qo'shimcha qildi Rudolf.

Ayni vaqtda BAAda mingga yaqin dron foydalanuvchisi qayd qilingan, ulardan 60 nafari tijoriy operatorlar hisoblanadi.

Rudolfning aytishicha, 2018 yil boshidan Dubayda barcha ro'yxatdan o'tgan dronlar faolligini real vaqtda kuzatadigan sky commander tizimi ishlay boshlaydi.
Логин:
Пароль: