Главная » Yangiliklar » Dunyodagi eng katta displeyli planshet ishlab chiqarildi
Dunyodagi eng katta displeyli planshet ishlab chiqarildi

Dunyodagi eng katta displeyli planshet ishlab chiqarildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Dunyodagi eng katta displeyli planshet ishlab chiqarildi
  • Дата релиза: 20-08-14, 22:52
Dunyodagi eng katta displeyli planshet ishlab chiqarildi

Fuhu kompaniyasi Android operatsion tizimida ishlaydigan The Big Tab nomli dunyodagi eng katta planshetni ishlab chiqardi. Bu haqda TechCrunch ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

 The Big Tab planshetining ikki xil turi mavjud bo‘lib, ulardan birining displeyi 20 dyuym (50,8 santimetr), ikkinchisining displeyi esa 24 dyuym (60,96 santimetr). Planshetlar to‘rt yadroli NVIDIA Tegra 4 protsessori va 16 Gb ichki xotiraga ega. Ular Android 4.4.4 operatsion tizimida ishlaydi.

 Planshet bolalar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib. Unda bolalar uchun o‘qish, yozish va matematikadan 17 000 ta dars hamda 300 000 ta savollar mavjud. Shuningdek, planshetda Disney, Cartoon Network va Cookie Jar Entirnainment kabi kompaniyalarning videofilmlari jamlangan.

 Kuzdan boshlab 20 dyuymli planshet 449 dollar, 24 dyuymlisi esa 549 dollar evaziga sotuvga chiqariladi. Ushbu planshetni O‘zbekistonda sotilayotgan eng qimmat planshetlar bilan taqqoslashingiz mumkin.

Логин:
Пароль: