Главная » Yangiliklar » Dunyodagi eng og‘ir ayol vaznining yarmini yo‘qotdi
Dunyodagi eng og‘ir ayol vaznining yarmini yo‘qotdi

Dunyodagi eng og‘ir ayol vaznining yarmini yo‘qotdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Dunyodagi eng og‘ir ayol vaznining yarmini yo‘qotdi
  • Дата релиза: 23-04-17, 13:00
Dunyodagi eng og‘ir ayol vaznining yarmini yo‘qotdi
Dunyodagi eng og‘ir ayol sanaladigan misrlik Imon Ahmad Abdulati vaznining yarmini yo‘qotdi va uzoq yillar mobaynida ilk bor o‘tirishga muvaffaq bo‘ldi. Uning ishtirokidagi yangi videoni The Daily Mail nashri e’lon qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“U o‘zini baxtli his etmoqda, ancha xushbichim bo‘lib qolgan. Nihoyat nogironlik kreslosiga joylashdi va birovning ko‘magisiz o‘tirishni o‘rgandi. Uch oy avval bu haqda orzu ham qilib bo‘lmasdi”, — hikoya qiladi Abdulatini davolayotgan shifokorlar.

Ayol kasalxonaga keltirilganida yarim tonna atrofidagi og‘irlikka ega edi. Muolajalar natijasida u 245 kilogramm vazndan xalos bo‘ldi va ozishda davom etmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: