Главная » Yangiliklar » DUNYoGA MAShHUR ARASh TOShKENTDA KONSERT BERADI
DUNYoGA MAShHUR ARASh TOShKENTDA KONSERT BERADI

DUNYoGA MAShHUR ARASh TOShKENTDA KONSERT BERADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: DUNYoGA MAShHUR ARASh TOShKENTDA KONSERT BERADI
  • Дата релиза: 11-10-17, 14:04
DUNYoGA MAShHUR ARASh TOShKENTDA KONSERT BERADI
Eron-shved xonandasi, mashhur Arash Toshkentga tashrif buyurib, 13 oktyabr kuni o`zining «Sharq ertagi» deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi.
Arash ko`pchilik xonandalar erisha olmagan omadga - o`z qo`shiqlarini ingliz tilida emas, balki ko`pchilik muxlislari uchun tushunarsiz bo`lgan fors tilida kuylab mashhur bo`lishga muvaffaq bo`ldi. Uning «Bora-bora», «Donya», «Pure love», «Broken angel» kabi qo`shiqlari nafaqat o`z yurtida, balki boshqa davlatlarda ham taniqlidir.

Xonanda 2005 yilda o`zining ilk albomini taqdim etgan va o`sha yilning o`zidayoq dunyo bo`yicha mashhurlikka erishgan. «Bora-bora» qo`shig`i Shvesiyadagi qo`shiqlar chartida uzoq vaqt 1-o`rinni zabt etib kelgan. Keyinchalik Arash «dunyodagi eng muvaffaqiyatli xonanda» nomiga ham sazovor bo`lgan. 2009 yilda esa Ozarbayjon xonandasi Aysel bilan birgalikda «Evrovidenie» konkursida 3 o`rinni egallagan.

Konsert biletlarini kassa.uz saytidan onlayn tarzda xarid qilishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: