Главная » Yangiliklar » Ebola bezgagi epidemiyasiga qarshi kurash uchun yarim yil vaqt ketishi xabar berildi
Ebola bezgagi epidemiyasiga qarshi kurash uchun yarim yil vaqt ketishi xabar berildi

Ebola bezgagi epidemiyasiga qarshi kurash uchun yarim yil vaqt ketishi xabar berildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ebola bezgagi epidemiyasiga qarshi kurash uchun yarim yil vaqt ketishi xabar berildi
  • Дата релиза: 16-08-14, 22:28
Ebola bezgagi epidemiyasiga qarshi kurash uchun yarim yil vaqt ketishi xabar berildi

“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro xayriya tashkiloti prezidenti Joanna Lyu Ebola bezgagining G‘arbiy Afrikada tarqalib ketishi ustidan nazoratni qo‘lga olish uchun yarim yil zarur bo‘lishini aytdi. Bu haqda “Segodnya” nashri xabar berdi.

 Uning aytishicha, ayni paytdagi vaziyat “urush davri” bilan teng, shu sababli Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan ko‘p kuch talab etiladi. Liberiyada virusni yengish orqaligina butun G‘arbiy Afrikadagi vaziyatni barqarorlashtirish mumkin.

 Ebola bezgagi G‘arbiy Afrikada fevral oyida avj olib ketdi. Haligacha unga qarshi samarali vaksina yaratilmadi.

 Ebola bezgagi qurbonlari soni mingdan oshib ketdi, yana ikki mingga yaqin kishi kasallikni yuqtirib olgan. Eng ko‘p qurbonlar Gvineya, Liberiya va Syerra-Leoneda qayd etilgan.

 Ma’lumot uchun, Ebola bezgagi qon, turli ajralma (ter, yiring kabi)lar, shuningdek, bemorning zaharlangan buyumlari orqali yuqib, o‘limga olib kelishi mumkin. Hozircha mazkur kasallikka qarshi davo vositasini ishlab chiqish borasidagi harakatlar samara bermadi.

Логин:
Пароль: