Главная » Yangiliklar » Ebola Virusi
Ebola Virusi

Ebola Virusi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ebola Virusi
  • Дата релиза: 20-08-14, 22:41
Ebola Virusi

Ebola (inglizcha. Ebola haemorrhagic fever, EHF, lat. Ebola febris haemorrhagica) – xavfli virus bo’lib, unga chalinganlarning 50-90 foizi vafot etishi mumkin.

 Tarihda ilk bor bu virus 1976 yilda Sudan va Zoir(hozirgi Kongo Demokratik respublikasi) hududlarida qayd qilingan. O’shanda Sudanda 284 kishi bu kasallikka chalingan bo’lsa, ularning 151 nafari vafot etgan edi. Zoirda esa kasallikka chalingan 318 kishining 280 nafari hayotdan ko’z yumgan. Kasallik ilk bor Ebola daryosi sohillarida qayd qilingani bois ebola nomi bilan ataladi.

 Ebola virusi bilan asosan odamlar va maymunlar kasallandilar. Pteropodidae oilasiga mansub mevaxo‘r ko‘rshapalak virusning tabiiy tarqatuvchisi hisoblanadi.

Virusning geografik taqsimlanishi ko‘rshapalaklar tarqalgan joylar bilan mos tushishi mumkin. Ushbu ko’rshapalaklar ba’zi xalqlarda tansiq taom hisoblanadi. Virus yashayotgan ko’rshapalak go’shtini iste’mol qilish orqali hayvon (ko’proq maymunlar) va odamlar kasallikni ham yuqutirib oladilar. Virus o’z navbatida odamdan odamga qon, teri va boshqa suyuqliklar orqali yuqadi. Shuningdek, be’morning zararlangan buyumlari ham ushbu virusni tarqalishida vositachi hisoblanadi.

 Virus yuqtirgan bemorda qattiq va to’satdan isitma ko’tarilib ketishi, holsizlik, muskullarda qattiq og’riq turishi, bosh og’rishi va tomoq og’rishi kuzatiladi. Keyinroq esa ko’ngil aynishi, ich ketishi, jigar va buyrak faoliyatidagi buzilishlar va ba’zi hollarda ichki va tashqi qon ketishi boshlanadi. Bu virusga qarshi samarali vaksina yoki aniq bir davolash metodikasi mavjud emas. Virus boshqalarga tarqalmasligi uchun bemor alohida honada saqlanadi va faqat belgilangan doktor yoki hamshiralargina bemorni nazorat qilib turadilar. Bemorga ko’proq suyuqlik (oz-moz shirin yoki sho’r) ichirib turiladi.

Ebola shu yil fevralda Gvineyada paydo bo’lib, keyinchalik Syerra-Leone va Liberiyaga tarqalgan edi. Mazkur mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan insonparvarlik tashkilotlarning xodimlari va mahalliy shifokorlar mutaxassislar yetishmasligi va zarur himoya vositalari yo’qligi sababli vaziyat ustidan nazorat yo’qolib borayotganini ta’kidlashmoqda.

 Hozirda yuqumli kasallik oqibatida halok bo’lganlar soni mingdan oshib ketdi. Ikki mingga yaqin kishi ushbu xastalikka chalingani aytilmoqda.

 Britaniyalik professor Djon Eshton farmatsevtika kompaniyalarini ebolaga qarshi vaksina ishlab chiqishga shoshilmayotganlikda ayblab chiqdi. Biroq AQSH Sog’liqni saqlash milliy institutlari tashkiloti vakilining so’zlariga qaraganda, mamlakat olimlari ebola virusiga qarshi vaksina ishlab chiqqan. U shu yil sentyabr oyida bemorlarda sinovdan o’tkaziladi. Ma’lumotlarga qaraganda, dorining sinovi hayvonlarda ijobiy natijalarni bergan.Ushbu preparatni yaratish ustida bir necha yildan beri ish olib borilayotgan edi. Merilend shtatidagi Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fozi bemorlarda sinalgan vaksina kelasi yilda samara berishi mumkinligini ta’kidladi.

 Mutaxassislar xavfli virusdan davolanishning imkoniyati yo’qligi sababli emas, balki mahalliy aholining ehtiyotsizligi va o’ylamay tashlayotgan qadamlari tufayli ham xastalik odamlarni hayotdan olib ketayotganini aytishmoqda. Masalan, Liberiyada kasalxonaga yotqizilgan bemorlar ommaviy ravishda qochib ketmoqda. Vafot etganlarni esa xavfsizlik qoidalariga amal qilmasdan, mahalliy urf-odatlarga ko’ra dafn etishmoqda. Ushbu xalqlarda mahalliy udumlarga ko’ra, dafn marosimida vafot etgan yaqinlarini o’pib, quchoqlaydilar. Natijada esa kasallikdan vafot etgan kishidan virus sog’lom kishiga o’tmoqda.

 Virus g’arbiy Afrika mintaqasidan boshqa qit’a va davlatlarga ham o’tish ehtimolidan xavotir olinmoqda. Sharqiy Afrika mamlakatlari ebolaning mintaqaga kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Gap bu o’rinda asosiy transport chorrahasi bo’lmish Keniya va Efiopiya haqida bormoqda. Keniya favqulodda vaziyatlar markazi tarqatgan bayonotga qaraganda, mamlakatning havo va dengiz portlarida tibbiyot xodimlari nazorati kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Ular yo’lovchilarni diqqat bilan tekshiryaptilar. Afrikadagi eng yirik ASKY aviakompaniyasi ebola epidemiyasi o’chog’i bo’lmish Liberiya va Syerra-Leonega amalga oshiradigan barcha parvozlarini bekor qildi.

 Shu o’rinda dunyoning barcha mamlakatlarida ushbu virusning tarqalib ketishi oldi olinayotganini ta’kidlash joiz. Jumladan, O’zbekistonda ham bu borada zarur chora-tadbirlar belgilangani xavotirga o’rin qoldirmaydi.

Логин:
Пароль: