Главная » Yangiliklar » Ekspertlar Xitoy kosmik stansiyasining aprel oyida qulashi ehtimolini baholadi
Ekspertlar Xitoy kosmik stansiyasining aprel oyida qulashi ehtimolini baholadi

Ekspertlar Xitoy kosmik stansiyasining aprel oyida qulashi ehtimolini baholadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ekspertlar Xitoy kosmik stansiyasining aprel oyida qulashi ehtimolini baholadi
  • Дата релиза: 27-02-18, 10:16
Ekspertlar Xitoy kosmik stansiyasining aprel oyida qulashi ehtimolini baholadi
Xitoyga tegishli “Tyangun-1” stansiyasining atmosferaning qalin qatlamlarida yonmay qolgan qismlarining Yerga aprel oyida qulashi ehtimoli 60 foizni tashkil qilmoqda. Bu haqda kosmik chiqindilarni kuzatish bo‘yicha Amerikaning maxsus portallaridan biriga tayanib, “RIA Novosti” xabar qildi.

Ta‘kidlanishicha, laboratoriyaning katta qismi qulash vaqtida yonib ketadi, biroq bir qator qismlar Yergacha yetib kelishi mumkin.

2016-yilning mart oyi oxirida stansiya ish faoliyatini butunlay to‘xtatgan. Uning xizmat ko‘rsatishi bo‘yicha loyiha muddati ikki yarim yilga o‘tib ketgan edi. Avvalroq “Osmon saroyi 1” ning atmosferada yonib ketishi 2017-yilning oxirida yuz berishi kutilgan edi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: